Yoshlar siyosati
«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali: Yoshlar bilan yangicha fikrlash xususida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
  • 12.05.2021
  • 539

  Bugun, 2021-yilning 11-may kuni «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialida 35 yoshgacha bo‘lgan ishchi-xodimlar o‘rtasida “Innovatsion — yangicha fikrlash metodlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

  Tadbirni filial direktori G‘.Shermatov ochib berdi. Filial direktori o‘z so‘zida mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab, Prezidentimiz tomonidan olib borayotgan yoshlarga oid davlat siyosati haqidagi dastlabki tushunchalarning mazmun-mohiyati bilan o‘rtoqlashdi.

 

   Shu bilan birga, tadbirda yoshlar bilan magistral elektr tarmoqlari filialidagi olib borilayotgan ishlar, ularning natijadorligi, xodimlar malakasini oshirish, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanib mehnat samaradorligini yuqori ko‘rsatkichlarga ko‘tarish xususida jonli muloqot olib borildi.

  Ta'kidlandiki, yangicha firkrlash, mamlakatimizda, energetika sohasida, qolaversa, Aksiyadorlik jamiyatimizda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarga beparvo bo‘lmaslik taraqqiyot, rivojlanish sari yetaklaydi. Tadbirda yoshlarga oid turli muammolarning yechimi bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish g‘oyalari yangradi.

 

  Davra suhbatida tilga olinganidek, filial tasarrufidagi Avtotransport va mexanizmlar xizmati avtoturargohi hududida qurilayotgan mini futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat-shashka o‘yingohlarining qurilishi — Jamiyat yoshlariga yaratilayotgan shart-sharoitlarning bir ko‘rinishidir.

  Yoshlarni qiziqtirgan savollarga «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali rahbariyati javob berib, yoshlar tomonidan bildirilgan fikrlar uchrashuv bayonnomasiga kiritildi.

 

  So‘ng so‘z navbati filial bosh muhandisi Sh.Kamilovga berildi. Filial bosh muhandisi yoshlarning takliflari doim inobatga olinishi, ushbu taklif va g‘oyalarni amalga oshirish uchun dastlab har bir ishchi-xodim o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi lozimligini ta'kidladi. Buning uchun filial ma'muriyati tomonidan doim qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgan ustoz-shogird an'analarining ahamiyati beqiyosligini alohida e'tirof etdi.

  Yoshlar bilan o‘tkazilgan davra suhbati yosh muhandis va montyorlarning taklif hamda mulohazalari bilan davom ettirildi. Alohida e'tirof etildiki, yosh muhandislar ichida badiiy adabiyot, jurnalistika, tasviriy san'at, texnik-muhandislik ixtirolariga qiziquvchan yoshlar bor. Ularni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oya va fikrlarini amaliyotgan tatbiq etish masalalari muhokama etildi.

 

  Misol uchun, yetakchi mutaxassis O.Jalolov podstansiyalarida amalga oshirilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari, tatbiq etilayotgan yangi texnologiyalar xususida ma'lumot berib, yangi jihoz va qurilmalarni to‘g‘ri ishlatish, bu jarayonda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish, baxtsiz xodisalarni oldini olishda asqotadigan foydali maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi.

  Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, tadbirda yoshlarga bir joyda to‘xtab qolmaslik, zamon bilan hamnafas tarzda yashash va ishlash lozimligi uqtirildi.

  Q.Mirzayev,  «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi


 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>