Yangiliklar
«O‘ZBEKISTON MET» AJ NING JAHON BANKI BILAN O‘ZARO HAMKORLIGI DAVOM ETMOQDA
  • 16.09.2019
  • 969

  Bugun, 16-sentabr kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida Jamiyati ma’muriyati hamda Jahon Banki vakillari ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  Uchrashuvda Jahon Banki vakillari: energetika bo‘yicha bosh mutaxassis Xusam Beydes, katta mutaxassislar Ferxat Esen va Kodji Nishida, SCADA/EMS dasturi bo‘yicha maslahatchilar Kamron Rajabli va Zaran Blazich, energetika bo‘yicha mutaxassis Maqsudjon Safarov, shuningdek, «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisi Dadajon Isaqulov, Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i Abduhamid Jo‘rayev va boshqalar ishtirok etishdi.

 

  Ilgari xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabr PQ-3284-sonli «Jahon Banki ishtirokida «Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini zamonaviylashtirish va rekonstruksiya qilish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan mamlakatimiz hududida joylashgan 22 ta podstansiyalarda qurilish-montaj ishlari, ya’ni xizmat ko‘rsatuvchi uskuna va jihozlarni zamonaviylari bilan yangilash ishlari bajarilishi nazarda tutilgan. Uchrashuvda shu va shu kabi masalalar atroflicha muhokama etildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik doirasida vujudga kelgan savollarga javob berib, o‘zaro fikr almashdilar.

 

  Bugungi uchrashuv yakunlariga ko‘ra Jahon Banki «O‘zbekiston MET» AJ  bilan o‘zaro loyihasiga SCADA/EMS dasturi jalb qilish hamda uni moliyalashtirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv so‘nggida tegishli tartibda texnik reglament qabul qilindi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>