Yoshlar siyosati
«O‘zbekiston MET» AJ yoshlari: Energetika vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlik energiyasi” forumi ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda
  • 20.05.2021
  • 589

  Energetika vazirligi tomonidan 19-23-may kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi «Lochin» sog‘lomlashtirish oromgohida tashkil etilgan, «Barkamol yosh mutaxassis — qudratli yurt tayanchi» shiori ostida o‘tayotgan “Yoshlik energiyasi” forumi ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Unda «O‘zbekiston MET» AJ Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari ham faol ishtirok etishmoqda.

  ❗️ Mazkur yoshlar forumi Energetika vazirining tegishli qaroriga ko‘ra karantin qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda o‘tkazilmoqda. Shuningdek, barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan bo‘lib, yoshlar tadbirini o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Tadbirga OAV vakillari va xorijiy mehmonlar taklif etilgan.

  “Yoshlik energiyasi” forumi doirasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar, davra suhbatlari, mahorat darslari, seminarlar hamda qiziqarli sport musobaqalarda Aksiyadorlik jamiyatimiz yoshlariga omad tilaymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

  t.me/uzmetaxborotxizmati

>