Yangiliklar
uzbekistonmet.uz: «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
  • 11.06.2021
  • 822

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi boshqa filiallar kabi elektr energiyasini energiya ishlab chiqaruvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazib berilishini amalga oshirish (transportirovka), magistral elektr tarmoqlarini ta'mirlash, shuningdek, boshqa davlatlarning elektr tarmoqlari bilan o‘zaro aloqalarda ishtirok etish bilan shug‘ullanadi.

 

   Filial «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2019-yil 23-iyuldagi 45-sonli buyrug‘i hamda «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali to‘g‘risidagi Nizom asosida faoliyat yuritadi.

 «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali balansida 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari mavjud bo‘lmay, 7 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali (Toshkent viloyati) balansidagi tarmoqlar orqali quvvat bilan ta'minlanadi, barcha chiquvchi tarmoqlar esa «Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ balansida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri va qisman Toshkent viloyatining hududlari past kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlar orqali iste'molchilarga ulangan.

 ✔ 220/110/35/6 kV kuchlanishli «Qo‘yliq» (1947 yilda ishga tushirilgan, 626 (200x2. 63x2. 120x1) MVA o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega);
 ✔ 220/110/10 kV kuchlanishli «Ozodlik» (1973 yilda ishga tushirilgan, 400 (200x2) MVA o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega);
 ✔ 220/110/10 kV kuchlanishli «Keles» (2013 yilda ishga tushirilgan, 400 (200x2)  MVA o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega);
 ✔ 220/110/10 kV kuchlanishli «Zafar» (1985 yilda ishga tushirilgan, 250 (125x2)  MVA o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega);
 ✔ 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli «Yuksak» (1947 yilda ishga tushirilgan, 353 (40x1. 63x1. 125x2) MVA o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega);
 ✔ 220/110/10/6 kV kuchlanishli «Traktorsoz» (1985 yilda ishga tushirilgan, 155 (10x3. 125x1) MVA o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega);
 ✔ 220/110/10 kV kuchlanishli «Fayziobod» (1993 yilda ishga tushirilgan, 400 (200x2) MVA o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega).

 

  «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali balansida yuqori kuchlanishli podstansiyalar 2584 MVA o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega.

 Filial direktori Rasulov Anvar G‘anievich.

Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha qabul kuni va vaqti: juma kuni, soat 14:00 dan 17:00 gacha.

Elektron pochta: toshkentshahar@uzbekistonmet.uz

Telefon: +998 (55) 503-04-05

 Filial ma'muriyati manzili: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 2-mavze.

 ✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

«OZODLIK» PODSTANSIYASI HUDUDIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/265

YOSH ENERGETIKLAR BOSHLANG‘ICH TASHKILOT TUZIB, O‘Z YETAKCHILARINI SAYLAB OLISHMOQDA

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/213

YOSH MUHANDISLARDAN IBORAT XODIMLAR GURUHI JAMIYATNING XIZMAT KO‘RSATISH OBYEKTLARIGA SAYOHAT UYUSHTIRISHDI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/217

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALIDA HASHAR UYUSHTIRILIB, YOSHLAR O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/250

"TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI FAOLIYATIGA BIR NAZAR...

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/557

ENERGETIKLARNING «UCHQUN» SPORT MAJMUASIDA «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI MA’MURIY BINOSINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/558

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALIDA SHAXMAT, SHASHKA, FUTBOL VA STOL TENNIS BO‘YICHA TUNIR BO‘LIB O‘TDI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/624

"TOSHKENT SHAHAR MET" FILIALI TOMONIDAN MEHRIBONLIK UYI TARBIYALANUVCHILARIGA YANGI YIL SOVG'ALARI TARQATILDI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/658

"Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali: "Sizga ta'zim, sizga ehtirom!»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/792

«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali: “Toshkent tibbiy-sanitariya qismi” shifokorlari ishtirokida o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1071

XAVFSIZLIK TEXNIKASI TADBIRLARI HAMDA TIBBIY-PROFILAKTIK KO‘RIKLAR ANONSI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1118

 Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>