OAV va jamoatchilik bilan ishlash
«Nimstansiya» yoki «podstansiya»?
  • 14.06.2021
  • 1335

  ...Shu o‘rinda o‘zbekcha muqobili bo‘lmagan, bo‘lsa-da xalq tiliga tushmagan o‘zlashtirma so‘zlar haqida to‘xtalib o‘tsak.

  ✏️ Masalan, «nimstansiya» so‘zi umumxalq e'tirofidan o‘tmadi, deb hisoblaymiz. Boisi «pod» ruscha old qo‘shimchasini «nim» (forscha «yarmi»), «…dan keyin» tarzida ma'no tarjima qilingani bilan — asli lotin, keyin ingliz, bizga esa rus tilidan kirib kelgan «stansiya» so‘ziga mos keladigan muqobil yo‘q.

  ✅ «Stansiya» — bekat, turg‘un joy, tugun.

  ❗️«Stansiya» deganda energetika sohasida, elektr energetika tarmog‘ida IES — issiqlik elektr stansiyalari yoki GES — gidro elektr stansiyalarini tushunsak (quyosh elektr hamda shamol elektr stansiyalari ham mavjud), undan keyingi bo‘g‘inni — IES yoki GES «ostidagi tugun» deb aytmoqchi bo‘lsak, «podstansiya» so‘zining ma'no tarjimasi «tugun osti» (tugunosti) deb shartli atalishi mumkin. Ammo «nimstansiya» so‘zi, yuqorida aytilganidek, umumxalq e'tirofidan o‘tmadi (yozma va og‘zaki nutqda keng foydalanilmadi).

  Xuddi: samolyot — «tayyora», respublika — «jumhuriyat», fakultet — «kulliyot» bo‘lib el og‘ziga tushib ketmagani kabi.

  ‼️ Xulosa: «Nimstansiya» so‘zini o‘zlashtirma so‘z (olinma so‘z) turkumi shartlariga binoan «podstansiya» shaklida qabul qilganimiz ma'qul.

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati kutubxonasi, "Axborot xizmati tavsiyalari" qo‘llanmasidan parcha

  Kirill yozuvida

 

✍️ U.P.Urunov, Axborot xizmati rahbari

t.me/uzmetaxborotxizmati

>