Yoshlar siyosati
"O‘zbekiston uchun 100 g‘oya" loyihasi 30 000 nafar yoshni qamrab oladi
  • 22.06.2021
  • 546

  AOKAda Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Innovatsion rivojlanish vazirligi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida "O‘zbekiston uchun 100 g‘oya" loyihasi haqida ma'lumot berildi.

  Tanlov quyidagi yo‘nalishlardan iborat:

  - Ilm-fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash;

  - Madaniyat va san'at;

  - Media;

  - Sport va turizm;

  - Davlat xizmatlarini rivojlantirish;

  - Qurilish, arxitektura va transport;

  - Tadbirkorlik va bandlik;

  - Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va agrotexnologiyalar;

  - Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar;

  - Ekologiya, qayta tiklanuvchi energiya manbaalari va kimyo texnologiyalari.

  Loyiha uch bosqichda o‘tkaziladi: saralash, hududiy (yarimfinal) va respublika (final). Hududiy bosqichga (yarimfinal) har bir hududdan 100 tagacha loyiha saralab olinadi va 1400 ta loyihadan eng sara 100tasi g‘oliblar qatoridan joy oladi.

  Respublikaning eng iqtidorli va tashabbuskor yigit qizlarini birlashtiruvchi ushbu loyiha umumiy hisobda 30 000 nafar yoshni qamrab oladi.

   Qatnashmoqchi bo‘lganlarning aksariyati Toshkent shahri (15,83%), Samarqand (15,23%) va Navoiy (8,9%) viloyatlari yoshlarini tashkil etadi.

  Tanlovda qatnashish uchun jami 2653 ta murojaat kelib tushgan. Eng ko‘p ariza (805 ta) Ilm-fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash yo‘nalishi bo‘yicha. Keyingi o‘rinlarda Tadbirkorlik va bandlik (379 ta) hamda Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar (357 ta) yo‘nalishlari turibdi.

 

https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>