Yangiliklar
Online: AOKA tomonidan tashkil etilgan «Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik — bosh mezon» mavzusidagi milliy konferensiya o‘z ishini boshladi
  • 23.06.2021
  • 242

  Ayni paytda poytaxtning «International Hotel Tashkent» majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkil etilgan «Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik — bosh mezon» mavzusida milliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

  ⇒ Bugun «International Hotel Tashkent» majmuasining «Amir Temur» zaliga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik idora va tashkilotlarning axborot xizmati rahbarlari — 180 nafarga yaqin matbuot kotiblari yig‘ilgan. Milliy konferensiya «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi ham ishtirok etmoqda.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>