Yangiliklar
“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida seminar o‘z ishini boshladi
  • 24.06.2021
  • 328

  Avval xabar berganimizdek, bugun, 24-iyun kuni “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida muhim ob'ektlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning bilim-malakasini oshirish, harbiy tayyorgarlik darajasini yuksaltirish, sanoat va yong‘in xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘z ishini boshladi.

  Eslatib o‘tamiz, seminarda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi xodimlari, muhim ob'ektlarga ega 7 ta viloyat magistral elektr tarmoqlari filiallaridan mutaxassislar, shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimiyati, Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda boshqa tashkilot va tuzilmalardan vakillar ishtirok etmoqda.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>