OAV va jamoatchilik bilan ishlash
27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
  • 27.06.2021
  • 390

 

© «INFOgrafika» studiyasi mahsuloti, «Energo-IT» filiali

 «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini kuzatib boring!

1 «PREZIDENT QARORLARI — HAYOTDA VA NAZORATDA»  rukni

2 «YANGILIKLAR»  rukni

3 «OAV VA JAMOATCHILIK BILAN ISHLASH»  rukni

4 «MUROJAATLAR»  rukni

5 «QIZIQARLI XABARLAR»  rukni

6 «BO‘Sh ISH O‘RINLARI»  rukni

7 «YOSHLAR SIYOSATI»  rukni

8 «TENDERLAR»  rukni

9 «E'LONLAR»  rukni

10  «ASOSIY ISHLAB CHIQARISH KO‘RSATKICHLARI»  rukni
 

  Axborot xizmatining faoliyatiga taalluqli umumiy ma'lumotlar:
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 3-iyuldagi 29-sonli buyrug‘iga binoan «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida Axborot xizmati tashkil etilgan;


  Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 23-avgustdagi 66/k-sonli buyrug‘i bilan Axborot xizmati rahbari, ya'ni boshqaruv raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Urunov Ulug‘bek Pulatovich tayinlangan;

  Axborot xizmati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining dastlabki suhbat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, bu haqda Jamiyat boshqaruvi raisi nomiga tavsiyanoma xati taqdim etilgan;


 Axborot xizmatida Jamiyat shtat jadvaliga muvofiq bir nafar mutaxassis (xizmat rahbari) mehnat faoliyatini olib boradi, unga texnik ta'minot bo‘yicha yordamchilar, ya'ni veb-saytga ma'lumotlarni joylashtirish uchun «Energo–IT» filialining ikki nafar xodimi biriktirilgan;

  Axborot xizmati rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining attestatsiyasidan o‘tganligi to‘g‘risida 000010-sonli guvohnoma berilgan.
  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati (matbuot kotibi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ishchi guruhi, Monitoring markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ ma'lumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.


  Shuningdek, elektr ta'minotidagi nosozliklar, ta'minotdagi uzilishlar, iste'molchilarning to‘lov majburiyatlari, to‘lov madaniyati yuzasidan targ‘ibot ishlarida elektr energiyasi iste'molchilari bilan bevosita ishlaydigan turdosh tashkilotlar: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ hamda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ faoliyatiga Axborot hamkori sifatida ko‘mak berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining muhim xabarlari ham tegishli tartibda «O‘zbekiston MET» AJning ijtimoiy tarmoq sahifalarida qayta e'lon qilinmoqda.


  O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati tomonidan yangilanib boriladigan www.president.uz veb-saytidagi maqola va xabarlar Aksiyadorlik jamiyatining veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida qayta repost qilib borilmoqda.Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytining «Yangiliklar» ruknidagi maqola, e'lon va ma'lumotnomalarda huquqiy axborot (qonunchilikdagi yangiliklar) berib boriladi.


  Bundan tashqari, Jamiyatning rasmiy telegram kanalida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” maxsus ilovasidagi sohaga taalluqli ma'lumotlar tez-tez qayta e'lon (repost) qilib turiladi.


  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmonining mohiyati va ahamiyati, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytida «Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda» nomli yangi rukn tashkil etildi.


  Shuningdek, “Yoshlar siyosati” nomli yangi rukn orqali yoshlar siyosaiga oid ma'lumotlar berib borilmoqda.


  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga binoan 3 ta IShONCh RAQAMI: Yagona telefon (Axborot xizmati) 71/236-68-08; Ishonch raqami (jismoniy va yuridik shaxslar murojaati bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi raqami) 71/208-56-46; Devonxona (Ijro intizomini nazorat qilish va ishlarni yuritish boshqarmasi) 71/236-6865 telefon raqamlari ishlab turibdi.

Veb-sahifaTelegram Facebook InstagramTwitterUtubeYoutube

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>