Yoshlar siyosati
“Yoshlar kuni” munosabati bilan «O‘zbekiston MET» AJning bir guruh yoshlari taqdirlandi
  • 01.07.2021
  • 731

  O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 25-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq 30-iyun — O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni etib belgilangan.

 

   “Yoshlar kuni” bayram tadbirlari “O‘zbekiston yoshlari zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z ma'naviyati va tafakkuri bilan barchaga ibrat hamda namuna bo‘lishi kerak” g‘oyasini o‘zida mujassam etadi.

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7515

  “O‘zbekiston MET” AJ markaziy apparatida ham ushbu g‘oyalarni mujassam qilgan holda, Jamiyat faoliyatiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan va Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti ishlaridagi faolligi uchun Aksiyadorlik jamiyati Markaziy apparati xodimlaridan quyidagilar:

  1. Mahmudov G‘ofurjon No‘monjon o‘g‘li, Markaziy rele himoyasi va elektr avtomatikasi xizmati bo‘limi muhandisi;

  2. Jo‘rayev G‘iyosiddin Shamsiddin o‘g‘li, Elektr energiyasini texnologik sarflarini tahlil qilish bo‘limi muhandisi;

 

 

 

   3. Tojiyev Bexzod Bekmurod o‘g‘li, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limi mutaxassisi;

  4. Yuldashev Shohruh Raxmatjon o‘g‘li, Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi bosh mutaxassisi;

  5. Muqimov Mahmudjon Adhamjon o‘g‘li, Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;

  6.  Hasanova Diyora Xurshid qizi, Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi 2-toifali iqtisodchisi

  “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov nomidan faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.

 

 

 

   Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar negizdagi asosiy vazifalardan biri — yoshlarni barkamol avlod sifatida kamol topishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratishdan iboratligi barchaga ma'lum. O‘tib borayotgan 2021-yilimiz ham bejizga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb nomlanmadi.

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7165

  Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyatimiz yoshlariga mukofot pullari taqdim etilishi belgilandi. Ularni ilmga chanqoqlik, uyg‘oq nigoh, shijoat, tashabbus va kuch-salohiyat tark etmasligi xususida yaxshi tiklaklar bildirildi.

  Eslatib o‘tamiz: kecha, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan "O‘zbekiston MET" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodov ishtirokida o‘tkazilgan videokonferensaloqa shaklidagi muloqot davomida yoshlarning joriy yil iyul-avgust oylarida Yoshlar forumini o‘tkazish tashabbusini rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

  Azizbek Botirov, “O‘zbekiston MET” AJ Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti sardori

 

Qo‘shimcha ma'lumot:

  ❗️  Barcha yoshlar o‘qishi va bilishi shart!

  ПРЕЗИДЕНТ ШАВКАТ МИРЗИЁЕВ ВА ЎЗБЕКИСТОН ЁШЛАРИ

  https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/1193

  PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV VA O‘ZBEKISTON YOSHLARI

  https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1193

  ПРЕЗИДЕНТ ШАВКАТ МИРЗИЁЕВ И МОЛОДЕЖЬ УЗБЕКИСТАНА

  https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/1193

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun   t.me/uzmetaxborotxizmati

>