Yoshlar siyosati
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ yoshlari “Birgalikda biz bir kuchmiz!” xalqaro yoshlar forumida ishtirok etishdi
  • 02.07.2021
  • 660

  27–30-iyun kunlari “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati va Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamkorligida “Birgalikda biz bir kuchmiz!” xalqaro yoshlar forumi tashkil etildi.

 

  Navoiy viloyatining “Sarmishsoy” darasi bag‘ridagi “Sarmish” oromgohida bo‘lib o‘tgan xalqaro forum ishida “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda Qozog‘iston, Rossiya hamda Yaponiya davlati elektr energetika tarmog‘i korxonalari yoshlari ishtirok etishdi.

  Guruhlarga bo‘lingan yoshlar yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish va jamoada samarali ishlash bo‘yicha seminar-treninglarda, shaxmat, stol tennisi, futbol, voleybol va basketbol bo‘yicha sport musobaqalarida, “Zakovat” intellektual o‘yinida va boshqa turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etishdi. “Sarmishsoy”ning qadimiy qoyatosh suratlari bilan tanishildi va Nurotaning “Chashma” majmuasi ziyorat qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

  – Guruhlarda yoshlar bilan jamoada ishlashning yetakchi tamoyillari bo‘yicha treninglarda ishtirok etyapmiz – deydi qozog‘istonlik Nadejda Popova. – Yaratilgan muloqot maydoni uchun rahmat, turli davlatlar yoshlari bilan muloqotda bo‘lish yangi g‘oyalar va tashabbuslarning asosi deb hisoblayman.

  – Ayni paytda “JICA” loyihasi bo‘yicha “Navoiy IES” AJda yosh mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish dasturida ishtirok etyapman, – deydi Yaponiyaning “TEPSCO” kompaniyasi vakili Takuya Yamamotu. – Forumda ishtirok etayotganimdan mamnunman, albatta, bu kabi tadbirlar yoshlarning ezgulik va bunyodkorlik sari birlashishiga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

  Xalqaro forumning tantanali yopilish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati va Navoiy kon-metallurgiya kombinati vakillari, jamoatchilik hamda yoshlar ishtirok etishdi.

  – Elektr energetikasi va tog‘-kon sanoati korxonalarida faoliyat yuritayotgan yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya hamda Yaponiya yoshlari uchun muloqot maydonini yaratish, yurtimizda yoshlar siyosati yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan hamkorlarimizni tanishtirish, shuningdek, 30-iyun – O‘zbekiston yoshlari kunini munosib kutib olish, forumning asosiy maqsadi – deydi “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati” Boshqaruvi raisi Farhod Abdurahmonov.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  Forum natijalari bo‘yicha sport va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlar taqdirlandi.

  “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati

 

http://minenergy.uz/uz/news/view/1334

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun   t.me/uzmetaxborotxizmati

>