OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Ta'ziya izhor etamiz...
  • 08.07.2021
  • 636

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati ma'muriyati Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i - bosh hisobchi

Xaydarov Bozor Jumayevichning

  vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga ta'ziya izhor etadi.

  Bozor Jumayevich o‘z ish faoliyatini 1982-yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani “Kommunizim” xo'jaligidan boshlagan. 1992-1995-yillarda “O‘zbekenergo” DAK Hisoblash markazi buxgalteri, bosh buxgalter o‘rinbosari, 1995-2001-yillarda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” OAJ bosh buxgalter o‘rinbosari, bosh buxgalteri, 2001-2004-yillarda “O‘zbekenergo” DAK  “O‘zelektrtarmoq” ShK bosh buxgalteri, 2014-2019-yillarda “O‘zbekenergo” AJ “O‘zelektrtarmoq” UK bosh buxgalteri, 2019-yilning avgust oyidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bosh buxgalteri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

  Bozor Jumayevich 2021-yil 8-iyul kuni 54 yoshida bu olamdan ko‘z yumdi.

  Bozor Jumayevich Xaydarovning yorqin xotirasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati jamoasi qalbida doimo saqlanib qoladi.

 

"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>