Yangiliklar
“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida Xavfsizlik texnikasi oyligi tadbirlari mas'uliyat bilan o‘tkazilmoqda
  • 15.07.2021
  • 411

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlar” aksiyadorlik jamiyatining 2021-yil 14-iyundagi 186-sonli hamda “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialining 2021-yil 22-iyundagi ShG‘-100-sonli bo‘yruqlariga asosan “Farg‘ona MET” filialining barcha ob'ektlarida 2021-yilning 01-iyuldan 01-avgustgacha “Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi” o‘tkazilmoqda.

 

  Filiali tasarrufidagi 500 kVli “O‘zbekiston”, 220 kVli “Sokin”, “Farg‘ona”, “O‘zgarish”, “Pavulg‘on” hamda 110 kVli “2A” podstansiyalarida ko‘rik oyligi doirasida, ya'ni 13-iyul kuni “Biz har kanday qoidalar buzilishiga qarshimiz. Xodimlar eng katta boyligimizdir!” shiori ostida “Xavfsizlik texnikasi kuni” ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

“Xavfizlik texnikasi kuni” davomida ob'ektlarda barcha xodimlarni jalb etgan holda quyidagi mavzular asosida o‘quv treninglari tashkil etildi.

 

 

1. “Xavfsizlik texnikasi qoidalari” bo‘yicha:

·  XXII bob. Xizmat safariga yuborilgan xodimlar ishi.
·  XXIV bob. QMT xodimlarni ishlab turgan elektr qurilmalarida va elektr liniyalarining muhofaza zonasida ishga qo‘yish.
 

2. “Yong‘in xavfsizligi qoidalari” bo‘yicha:

·  II bo‘lim. Yong‘in xavfsizligini ta'minlashga qo‘yiladigan talablar.

3.  “Elektr stansiya va tarmoqlarni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” bo‘yicha

·  V bob. Kuch transformatorlari va moyli reaktorlar.
 

4. “Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish” bo‘yicha:

·  Issiq urgan insonga birinchi yordam ko‘rsatish.

  Amaliy mashg‘ulot yakunida “Xavfsizlik texniksi qoidalari”ga amal qilish har bir xodimni hayotini kafolati ekanligi hamda avariyali va baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun eng asosiy chora ekanligini barcha xodimlarga innovatsion g‘oyalar asosida tushuntirib o‘tildi. 

 

 Tadbirda xodimlar tomonidan berilgan savollarga “Xavfsizlik texnikasi kuni”ni ob'ektlarda o‘tkazishga mas'ul etib biriktirilgan malakali mutaxassis xodimlar tomonidan amaldagi qoidalarga asosan javob va yechimlar berildi.

 
 

 

 

Oybek Djalolov, “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati yetakchisi muhandisi

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7643

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>