Yangiliklar
Xavfsizlik texnikasi oyligi davomida «Qashqadaryo MET» filialida o‘quv seminarlari ham o‘tkaziladi
  • 15.07.2021
  • 466

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2021-yil 14-iyundagi «Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rik o‘tkazish to‘g‘risida»gi 186-sonli buyrug‘i hamda «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining 114-sonli buyrug‘iga asosan 2021-yil 1-iyuldan 1-avgustgacha Filial tarkibidagi barcha podstansiyalarida tegishli tartibga muvofiq xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rik oyligi o‘tkazilishi belgilangan.

 

 

  Buyruqqa ko‘ra 2021-yilning 15-iyundan 1-iyulgacha ko‘rikka tayyorgarlik ko‘rish davri deb belgilangan edi va bu davr ichida qashqadaryolik elektr muhandislar hamda montyorlar barcha anjom-uskuna, maxsus kiyim-bosh va xavfsizlik texnikasi qaydnoma jurnallarini tartibga keltirishdi, podstansiyalarga ko‘rik o‘tkazilishi haqidagi e'lon va bannerlarni ilindi, shu bilan birga, bino va inshootlar atrofida obodonchilik ishlari olib borilib, uning estetik qiyofasi yaxshilandi.

  Xavfsizlik texnikasi ko‘rigiga tayyorlanish, uni o‘tkazish va natijalarini baholash uchun “Qashqadaryo MET” ma'muriyatida ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, Ishchi guruh rahbari sifatida ko‘rik jarayoni ishiga yordam ko‘rsatish «O‘zbekiston MET» AJ “Qashqadaryo MET” filiali direktori Sh.M.Xolyorov zimmasiga yuklatilgan.

 

 

  Ko‘rikning asosiy maqsadi deb quyidagilar belgilangan:

·  Xodimlarning mehnat, ishlab chiqarish va texnologik intizomga rioya qilishlari ustidan nazoratni kuchaytirish;

· Bexatar ish sharoitlarini tashkil etish ko‘nikmalarini hosil qilish uchun kasb mahorati konkurslarini o‘tkazish va bu bilan xodimlarning bilim darajasini oshirish;

· Xodimlar bilan olib boriladigan ishlarning amaldagi hujjatlarga muvofiq holda tashkillashtirilishiga mas'ul rahbar xodimlar va ish joyida xavfsizlik texnikasi qoidalari talablarini so‘zsiz bajarishi uchun har bir ishlovchining mas'uliyatini oshirish.

  Tashkiliy ishlarni tegishli tartibda bajarish uchun “Qashqadaryo MET” filialining guruh, bo‘lim va xizmatlari boshliqlariga quyidagi vazifalar yuklatildi:

    ko‘rikni tashkil qilish va o‘tkazishda faol qatnashish;

    joylarda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bevosita ishlarda ishtirok etish;

    xavfsizlik texnikasi masalalari yuzasidan chiqarilgan buyruq va sharhlarning bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlash.

 

 

  Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va baholashda quyidagi ko‘rsatkich va amaliyotlar samaradorligiga e'tibor berilgan:

  Ish joylarini tekshirish, shu jumladan:

    ·   Xavfsizlik texnikasi qoidalari talabi buzilgan holda ish olib borilayotgan joylarni aniqlash;

    ·  Naryadning mavjudligi va to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish, ishlarni xavfsiz bajarishda ko‘rilgan choralarning yetarliligi;

    ·  Dispetcherlik nomlarni naryadda ko‘rsatib o‘tilgan qurilmalarning haqiqiy nomlariga mos kelishi.

    ·  Naryad yoki farmoyishning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini joriy etish va ishga to‘g‘ri qo‘yishni tekshirish;

    ·  Barcha xodimlarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha hujjatlar bilan tanishtirilishini jurnallarda qayd etish.

 

 

  Tezkor-dispetcherlik ekspluatatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish:

· Tasdiqlangan lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalarining mavjudligi;

· Aloqa vositalari bilan ta'minlanganligi, ob'ektlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dispetcherlik aloqa kanallarining mavjudligi va undan foydalanilishi;

· Avariyaviy tiklash va ta'mirlash ishlarining olib borilishida uskunalarning tezkor-dispetcherlik boshqaruvi bo‘yicha qoida talablariga amal qilinishi;

· Texnik hujjatlarning va tezkor jurnallarning mavjudligi va to‘g‘ri yuritilishi.

 

 

  Xodimlar bilan ishlash:

· Xodimlar bilan ishlashning yillik ish rejasining mavjudligi va bajarilishi;

· Ishlarni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxslarning tasdiqlangan ro‘yxatini mavjudligi;

 · Avariyaga va yong‘inga qarshi mashg‘ulotlar: jadvali, hisobga olish jurnali, ro‘yxati, mavzulari, ishtirokchilari, mavzularining to‘g‘ri to‘ldirilishi va baholanishi;

·  Bilim sinovi: bilim sinovini o‘tkazish jadvali, jurnalning yuritilishi.

· Maxsus ishlarni bajaradigan xodimlarni bilim sinovidan o‘tkazish: vakolatli komissiya va jurnalning mavjudligi hamda guvohnomada belgilanganligi.

  «Qashqadaryo MET» filiali tarkibidagi barcha podstansiyalarida jihozlangan texnik o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirish, ularning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini o‘rganish, ish rejalari, mashg‘ulot o‘tkazish mavzularining mavjudligi va bajarilish holatini aniqlash, baxtsiz hodisalar bo‘yicha xabarnomalar va buyruqlarni ishlab chiqish tartibi bo‘yicha ijro intizomini o‘rganish yuzasidan tegishli amaliyotlar olib borilishi belgilangan.

 

 

  Bundan tashqari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishda tezkor xodimlarning ishtiroki, lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalari talablariga amal qilinishi, bir chiziqli sxemalarning mavjudligi va to‘g‘riligi, ishlab chiqarish xizmatlarini o‘quv xonalarida tasdiqlangan jadval asosida mashg‘ulotlarning o‘tkazilishi va yo‘riqnomalar bilan xodimlarni tanishtirish ishlarini olib borish kabi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi.

 

 Shuningdek, xavfsizlik texnikasi oyligi davomida yo‘riqnomalarning yuritilish holati ham o‘rganilmoqda. Kirish va birlamchi yo‘riqnomalarning dasturi, davriy yo‘riqnomalarning tasdiqlangan mavzusi, navbatdan tashqari yo‘riqnomalarning o‘tkazilishi.

  Shuningdek, 220 kV kuchlanishli “Qarshi” podstansiyasida o‘quv seminari o‘tkazish ham belgilangan. Unda quyidagi jihatlar o‘rganiladi:                        

·  Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi;

·  Texnik o‘qish: dastur, jurnal, yakuni (rahbarlarning qatnashgani).

 · Maxsus tayyorgarlik: xodimlar bilan avariya va favqulodda o‘chishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ishlab chiqish, chora-tadbir tuzish;

  ·  24-iyul kuni "Qarshi" podstansiyasida seminar va kasb mahoratini o‘tkazish;

·  Mehnat muhofazasi bo‘yicha biriktirilgan xodimlarning ish rejasining mavjudligi;           

· «Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi»ni o‘tkazilishi to‘g‘risida joylarda shiorlarning mavjudligi;

· Xodimlarni maxsus kiyimbosh va poyabzallar bilan ta'minlanganligi;

· MB-6 formasini yuritilishi, maxsus kiyimbosh va poyabzallarning holati.

 

 

  Bir so‘z bilan aytganda, o‘tkazilayotgan xavfsizlik texnikasi oyligi tadbirlari inson tabiatiga xos bo‘lgan e'tiborsizlik, loqaydlik va erinchoqlikka qarshi sergaklikka chorlash amaliyoti bo‘lib, unda mavjud bilim-tajribalarni takrorlash orqali mustahkamlash, yaroqlilik muddati tugagan xavfsizlik anjom-uskunalarini yangilash, belgilangan tartibga ko‘ra maxsus kiyim-bosh va asboblarni ko‘rikdan o‘tkazish, qaydnoma jurnallarida olib borilgan hisobot yozuvlari to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarilib borilayotganini nazorat qilish — har bir ishchi-xodim ishchan kayfiyat, yetarli bilim-tajriba, doimiy tayyorgarlikka ega bo‘lib, o‘z ishini to‘g‘ri va samarali bajarishi lozimligini eslatib turishiga yo‘naltirilgan.

  Tadbirlar 2021-yil 1-avgustgacha davom etadi....

  Hurmat bilan,

  «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>