Yoshlar siyosati
Maqsad bitta — yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish!
  • 16.07.2021
  • 788

  «O‘zbekiston MET» AJ «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filialida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrda imzolangan "2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risi"dagi 781-sonli qaroriga muvofiq ''Kitobxonlik xaftaligi'' o'tkazilmoqda.

  Filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan jahon va milliy adabiyot namoyandalarining adabiy merosi, o‘zbek xalq yozuvchilarini mashhur asarlaridan tarkib topgan kitoblar jamlanmasi «Navoiy MET» filiali tarkibidagi podstansiyalarda mehnat qilayotgan yoshlariga tarqatildi. Kitobxonlik burchagi tashkil qilinib, turli-tuman asarlardan tarkib topgan kitoblar yigindisi jamlandi.

  Haftada bir kun «kitobxonlik kuni» deb elon qilindi. Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik musobaqalari tashkil etiladi.

  ✍️ Sh. Oynazarov, «Navoiy MET» filiali Yoshlar Ittifoqi yetakchisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>