Yangiliklar
Ayrim kishilarning loqaydligi, e'tiborsizligi-yu bilimsizligi elektr ta'minoti tizimi barqarorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda...
  • 17.07.2021
  • 358

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining (2018-yil 26-dekabr, 1050-son) 15-bandida shunday deyilgan:

  Muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarining xavfsiz ishlashining buzilishi, shu jumladan ularning shikastlanishiga yoki yo‘q qilib tashlanishiga olib borishi va (yoki) fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga va jismoniy yoki yuridik shaxslarning mulkiga shikast yetkazishi, shuningdek ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish, jumladan:

 

 

 

a) elektr uzatish havo liniyalari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, shuningdek, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;

b) texnik qoidalar, normalar va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq yaratilgan elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlariga yurib o‘tish va transport vositasida o‘tish joylariga har qanday ob'ektlarni, predmetlarni (materiallarni) joylashtirish, shuningdek, elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlariga kirish yo‘llarini barpo qilmay turib, bunday kirishlarga xalaqit beruvchi har qanday ishni amalga oshirish va inshootlar barpo etish;

v) taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning to‘silgan hududi doirasida va xonalarida bo‘lish, taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning eshiklari va lyuklarini ochish, o‘chirib-yoqishlarni va elektr tarmoqlarga ulashlarni (ushbu talab o‘rnatilgan tartibda ruxsat etilgan ishlarni amalga oshirish bilan band bo‘lgan xodimlarga tatbiq etilmaydi) amalga oshirish, podstansiyalarning kirish va taqsimlash qurilmalari, elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish;

 

 g) bolalar va sport maydonchalarini, stadionlarni, bozorlarni, savdo shoxobchalarini, dala shiyponlarini, mollar uchun qo‘ralarni, har qanday turdagi mashina va mexanizmlar uchun garajlar va turar joylarni joylashtirish, o‘rnatilgan tartibda ruxsat etilgan ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab odamlar yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonasida);

 d) axlatxonalarni joylashtirish;

 ye) zarba beruvchi mexanizmlar bilan ishlarni amalga oshirish, massasi 5 tonnadan ortiq og‘irliklarni tashlash, yemiruvchi korroziyalovchi moddalarni va yoqilg‘i-moylash materiallarini tashlash va quyish (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida) taqiqlanadi.

 Yodingizda bo‘lsa, elektr ta'minotining barqarorligi nafaqat soha vakillarining faoliyatiga, balki iste'molchilar, ya'ni aholimiz tomonidan elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarining muhofaza zonasida belgilangan me'yorlarga amal qilishiga ham bog‘liligi haqida bir nechta maqola-ma'lumotnomalar e'lon qilgan edik.

 Misol uchun:

ELEKTR TA'MINOTIDAGI UZILISHLAR: ODDIY NOSOZLIKDAN OG'IR OQIBATLI FOJIALARGACHA https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/698

TOIFALANGAN SANOAT KORXONALARIDAGI AVARIYAVIY HOLATLARGA KIM AYBDOR? https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/391

 

ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTIDAGI UZILISHLAR – ISTE'MOLNING ORTISHI TUFAYLI YUZAGA KELADI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/582

XAVFSIZLIK TEXNIKASI MASALASIGA BEPARVOLIK, LOQAYDLIK VA E'TIBORSIZLIK — ENERGETIKLARNING BIRINCHI RAQAMLI DUSHMANI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/349

“XIMIYA” PODSTANSIYASIDA SODIR BO‘LGAN NOSOZLIK SABABLARI O‘RGANILMOQDA

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1127

 

2021-yil 4-iyun kuni elektr tarmog‘ida sodir bo‘lgan nosozlikning to‘liq tafsilotlari ma'lum bo‘ldi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1098

 
So‘nggi paytlarda elektr uzatish tarmoqlarining muhofaza maydonida quruq o‘t va shox-shabbalarning yoqib yuborilishi oqibatida elektr energiyasi ta'minotidagi favqulodda uzilishlar ro‘y bermoqda. Misol tariqasida joriy yilning 8-iyul kuni soat 11:05 da Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan voqyea-hodisa haqida qisqacha ma'lumot taqdim etsak...

  Aniqrog‘i, o‘sha kuni elektr energiyasi tranzitida muhim o‘rin tutgan, Toshkent shahrining katta qismi hamda Toshkent viloyatining Toshkent, Zangiota, Chinoz tumanlariga elektr energiyasini taqsimlovchi 220/110/10 kV “Keles” podstansiyasini “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJ bilan bog‘lovchi 220 kV kuchlanishli L-2-K-1 elektr uzatish havo tarmog‘i orqali energiya yetkazilishida uzilish sodir bo‘lib, iste'molchilarga 1 034 000 kVt•soat miqdoridagi elektr energiyasi yetkazib berilmay qoldi...

  Elektr ta'minotida nosozlik aniqlangach, zudlik bilan navbatchi brigada tomonidan 220 kVli L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘ini ko‘zdan kechirish jarayoni amalga oshirildi. Ma'lum bo‘ldiki, 14–15-raqamli tayanch ustunlari oralig‘ida Qibray tumani, “Obod” MFY hududida joylashgan “Nur Farrux” fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonida g‘alla o‘rimidan qolgan somon yoqib yuborilgani oqibatida yuzaga kelgan quyuq tutun tufayli yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ida o‘chish sodir bo‘lgan. Voqyea sodir bo‘lgan kuni o‘t o‘chirish brigadalari chaqirtirilib, alanga tarqalishining oldi olindi va fermer xo‘jaligi vakili ishtirokida dalolatnoma tuzildi.

Ammo hozir gap bu haqda emas...

  Bunga o‘xshash ko‘plab misollar keltirish mumkin. Barchasining zamirida kishilarning loqaydligi, e'tiborsizligi-yu bilimsizligi yotibdi.

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26- dekabrdagi “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1050-son qarorini barcha iste'molchilar, ayniqsa qishloq xo‘jaligi, yuk tashish, shaharsozlik va qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi rahbar kadrlar, ishchi-xodimlar, mutaxassislar bilmog‘i, eng muhimi — qaror shartlariga amal qilmog‘i shart. 

 

 

 

Xulosa chiqarish o‘zingizdan...

✅ AZIZ FUQAROLAR, HURMATLI ISTE'MOLChILAR!

❗️Jamiyatning  uzbekistonmet.uz  veb-saytida O‘zbekiston Respublikasining xaritasi shaklida infografika ma'lumotnoma-jadvali joylashtirilgan bo‘lib, qaysi hududni belgilasangiz, o‘sha hududdagi Magistral elektr tarmoqlari filiali haqidagi ma'lumotlarni olish imkoniyatingiz paydo bo‘ladi. Ma'lumotnomada telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan bo‘lib, mutaxassislar sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.


✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>