Yangiliklar
“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filialida “Kitobxonlik haftaligi” nihoyasiga yetdi
  • 18.07.2021
  • 426

  “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi xorazmlik yosh energetiklar Urganch shahrida joylashgan Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot resurs markaziga sayohat uyushtirishdi.

Mutaxassislar markaz faoliyati bilan tanishtirib, an’anaviy hamda elektron kutubxona adabiyotlari bilan tanishtirishdi.

  Shuningdek, yosh energetiklar kutubxona muzeyini tomosha qilishdi. Yoshlarga ushbu kutubxonadan foydalanish uchun Axborot resurs markazi tomonidan  bir yillik foydalanish huquqiga ega bo’lgan ID-kartalar taqdim etildi.

  Bir so‘z bilan ayganda, kitobxonlik haftaligi yoshlar uchun foydali tadbirlarga boy bo‘ldi.

✍️ J.Ibodullayev, “Xorazm MET” filiali Yoshlar Ittifoqi yetakchisi

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>