Yangiliklar
Jizzaxlik yoshlar ijodkorlar bilan uchrashdi
  • 19.07.2021
  • 338

– Yoshlarning “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazish tashabbusi ayni muddao bo‘ldi, – deydi «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori G‘ayrat Ahmedov, – yosh energetiklar nafaqat soha ilmiy adabiyotlari, badiiy adabiyotga oshnoligi ham ularning kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi.

  Aksiyadorlik jamiyati talablariga muvofiq “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar barcha karantin qoidalariga amal qilingan holda o‘tkazildi. Haftalik so‘nggida «Jizzax MET» yoshlari O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limiga sayohat uyushtirishdi. Yosh energetiklar taniqli ijodkor Mehribon Abduraxmonova bilan badiiy adabiyotning jamiyat ma'naviy hayotidagi o‘rni haqida suhbat qurishdi.

  Suhbat so‘nggida yangi nashr qilingan kitoblar yoshlarga sovg‘a tariqasida ulashildi. So‘ngra yoshlar yozuvchilar uyushmasi kutubxonasi bilan tanishdilar, ijodkorlarga energetiklar nomidan minnatdorlik bildirildi.

✍️ Sh.Otaboev, «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi yetakchisi

 Axborot xizmati

>