OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Muborakbod etamiz! “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov 60 yoshda
  • 20.07.2021
  • 509

Hurmatli Dadajon Aynaqulovich!

 Siz qaysi idorada mehnat qilishingizdan qat'iy nazar jamoa o‘rtasida talabchan rahbar, texnik jihatdan bilimdon mutaxassis, tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyatingiz tufayli barchaning ko‘ngliga munosib yo‘l topib, yuksak ehtiromga sazovor bo‘lib kelmoqdasiz!

 Hamisha o‘zingizning fidokorona mehnatingiz samarasini bir maqsad — mamlakatimiz energetika tizimi taraqqiyotiga yo‘naltirgansiz, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Nurafshon hayot yo‘llaringizga barcha sohadoshlarning o‘ziga hos havasmandligi bor.

 

 

 

Qutlug‘ 60 yoshli yubileyingiz munosabati bilan qizg‘in muborakbod etib, Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilangizga baxt-saodat, tinchlik va xotirjamlik tilab qolamiz

Bugungi kunda Sizdek Otadan iftixor tuyg‘usini ko‘nglidan o‘tkazib turgan farzandlaringiz ortidan faxrlanish tuyg‘usi Sizga nasib aylasin, ilohim!

Bir ovozdan aytadigan bo‘lsak, talabchan va shu bilan birga, daryodil Rahbarimiz sifatida Sizni yaxshi ko‘ramiz!

 Hurmat bilan,

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”  aksiyadorlik jamiyatining ahil jamoasi

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

 

 

M U B O R A K B O D

     Qutlug‘ 60 yoshni qarshilagan Rahbarimiz Dadajon Aynaqulovichga ehtirom ila

 Mohiyatdan so‘z aytadi

Bu tabarruk ismingiz.

Buyuk qudrat o‘zanidir –

Salobatli jismingiz.

 Har qandayin ezgu ishning

Shay turasiz boshida.

Bugun savlat to‘kmoqdasiz

Pir-badavlat yoshida!

Umringizga bezak bo‘ldi,

Mardlik hamda shijoat.

Halol mehnat bilan orzu –

Bo‘lar doim ijobat.

Totuv hayot borasida

O‘rin qolmas savolga.

Ehtiromni baland tutib –

Tanho BARNO ayolga!

 O‘g‘loningiz  SARDOR bugun,

Davomchingiz — izingiz.

SAYYORAXON, MARG‘UBAXON

DILFUZAXON qizingiz –

Va har biri to‘rt tomondan –

Xizmatga bel bog‘lagan.

Jondan aziz nabiralar –

Ko‘nglingizni chog‘lagan.

Siz xalqparvar va haq inson,

Sizdek mohir Otaning –

Bag‘ri bu kun kichkintoylar,

Shirintoylar “vatani”!

Halol yashab, halol ishlab,

Yurtim, deb ter to‘kdingiz.

Chin Insonlik mehvaridir –

Mardonavor ko‘ksingiz!

Nomingizni ulug‘larkan

Bugun o‘sha zahmatlar...

Bari uchun aytilgaydir –

Sizga cheksiz rahmatlar!

Siz singari sofdillarni –

“Atrofimga keling” deb.

Yurtboshimiz turar bunda

Vatanim deb, elim deb.

 Barchamizga saboq bo‘lgay

Bosib o‘tgan yo‘lingiz.

Do‘st-u yorga to‘lib toshgan

Bugun o‘ng-u so‘lingiz.

Hayotingiz mazmunida –

Ko‘p hikmatlar yashirin.

Yaxshilarning borligidan –

Hayot yanada shirin!

Bosib o‘tgan yo‘llaringiz –

Odamiylik sabog‘i.

Nur yog‘ilar yuzingizdan,

Bu — komillik ardog‘i!

 Ko‘zingizda samimiylik

Porlab tursin har qachon.

Nabiralar “DODAJON” deb –

Chorlab yursin har qachon!

Cheksiz ehtirom ila, maslahatchingiz Orif TO‘XTASh

>