Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisini 60 yosh yubileyi bilan tabrikladi
  • 20.07.2021
  • 627

  Bugun islom olamida ulug‘ ayyom — Qurbon Hayiti nishonlanmoqda. Jonajon yurtimizda ushbu muborak ayyom oila davrasida, mahalla va jamiyat ahliga mehr va e'tibor ko‘rsatish bilan, ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand kishilarga beg‘araz yordam berish, yaxshilik sog‘inish bilan o‘tmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, bugun muborak kun, yaxshilik va ezgulik shodyonasi. Ulug‘ bayram tinchlik-xotirjamlikda, shodu xurramlikda, to‘kin dasturxon atrofida nishonlanmoqda.

 

  Avval xabar berganimizdek, bugun, 20-iyul “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida xizmat ko‘rsatgan energetik — Dadajon Aynaqulovich Isaqulov 60 yosh yubileyini nishonlamoqda.

  Oila a'zolari va hamkasblari ardog‘ida bo‘lgan Dadajon Isaqulovni bugun uning safdoshlari, kasbdoshlari, do‘stlari, shogirdlari qatorida davlat arboblari ham qutlamoqda.

  Jumladan, bugun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulovni 60 yosh yubileyi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonovlar samimiy muborakbod etib, uning kasbiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

 

  Shu bilan birga, Dadajon Aynaqulovichni 60 yosh yubileyi bilan MDH davlatlari Elektr energetika Ijroya qo‘mitasining raisi Igor Anatolevich Kuzko, Qozog‘iston Respublikasi «KEGOC» aksiyadorlik jamiyati jamoasi hamda boshqaruvi raisi, «Qirg‘iziston MET» OAJ jamoasi va bosh direktori, «Barki Tochik» davlat energetika kompaniyasi jamoasi va raisi, Turkmanistonlik energetiklar, shuningdek, boshqa xorijiy hamda mahalliy energetika tashkilotlari jamoalari, hamkasblari qutlashdi.

 

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati jamoasi Dadajon Aynaqulovich Isaqulovga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, kasbiy muvaffaqiyat tilab, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarida omad tilaydi.


  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>