OAV va jamoatchilik bilan ishlash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati
  • 23.07.2021
  • 301

Joriy yilning 6-iyulida “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

2021-yil 1-oktyabrgacha korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

2021-yil 1-oktyabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2021-yil 1-avgystdan davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq e'lon qilinadi.

Davlat xaridlarida hamkorlar (kontragentlar)ni tekshirish tartibi ishlab chiqiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021-yil 1-dekabrdan har yil yakuni bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting e'lon qilib boriladi.

2021-yil 1-dekabrgacha daromad va mol-mulk deklaratsiyalari bo‘yicha ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.

2021-yil 1-oktyabrgacha davlat mablag‘lari hisobiga qurilish-pudrat shartnomasi uchun o‘tkaziladigan tanlovlar “Shaffof qurilish” tizimi ma'lumot almashinuvini ta'minlagan holda davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.

2022-yil 1-yanvargacha avtomobil yo‘llari sohasiga tegishli ma'lumotlarni o‘z ichiga oladigan “SHAFFOF YO‛L” onlayn axborot platformasi ishga tushiriladi.

2022-yil 1-yanvardan boshlab “halollik vaksinasi” tamoyili asosida davlat xizmatchilari muntazam korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitiladi.

Manba: Adliya vazirligi

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

  t.me/uzmetaxborotxizmati

>