Yangiliklar
Navoiy viloyatidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarda qo‘shimcha quvvatlar ishga tushirildi
  • 27.07.2021
  • 294

“Janubiy-g‘arbiy podstansiyalarni modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi Hukumat qarorlariga asosan 220/110/10 kV “Ximiya” podstansiyasida qo‘shimcha o‘rnatilgan, quvvati 200 MVA bo‘lgan AT-3 avtotransformatorida qurilish montaj ishlar tugatilib, qurilma kuchlanish ostiga qo‘yildi. Buning natijasida podstansiyada 200 MVA quvvat zaxirasi yaratildi.
 
  Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan Navoiy kon-metallurgiya kombinatidan qabul qilingan podstansiyalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 2021-yilda 220/35/6 kVli “Gornaya” podstansiyasida 2x20 MVAli transformatorlarni 2x63 MVAga almashtirish, 6 dona reaktorlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan edi. Hozirda T-1 kuch transformatori 63 MVA quvvatli yangi transformatorga almashtirilib, ishga tushirildi. Buning natijasida qo‘shimcha 43 MVA quvvat zaxirasi yaratildi.

✍️ «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>