Kelib tushgan murojaatlar
MUROJAAT MAZMUNI: «...Hech kim elektr energiyasidan foydalanmagan vaqtda Majburiy ijro bo‘limi xodimlari tomonidan yolg‘on o‘rtacha ko‘rsatkichlar yozib kelingan!»
  • 28.07.2021
  • 530

  Murojaat egasi: Kamoliddin Akmalevich Nuriddinov

  Murojaat kelib tushgan vaqt: 2021-07-27 10:10:37

  Murojaat mazmuni: «...Assalomu aleykum. Murojaat yozishimdan maqsad, Zangiota tuman Xonobod QFY, Kichik Xonobod 102-uy manzilim (abonent raqami 1211252) qurilishi tugallanmagan holatda bo‘lib, hyech kim elektr energiyasidan foydalanmagan vaqtda Majburiy ijro bo‘limi xodimlari tomonidan yolg‘on o‘rtacha ko‘rsatkichlar yozib kelingan! O‘tgan yili mahallada yuqori kuchlanishli sim uzilib meni va qo‘shnilarimning qo‘pchiligini elektr hisoblagich uskunalari kuyib qolgan. 2021-yili may oyida "Zangiota TET" korxonasi tomonidan yangi elektr hisoblagich o‘rnatildi, eski kuygan hisoblagichimni tekshirtirib, xotirasidagi ko‘rsatkichlarni tiklab, dalolatnomani "Zangiota TET"ga topshirdim. "Zangiota TET"  korxonasi 2021-yil 1-iyunda qog‘ozda dalolatnoma tuzdi, ammo chamasi 900 000 so‘mlik xato qarzimni qayta hisoblab kamaytirgani yo‘q. Shu masalani hal qilishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman».

  Murojaatga javob: "Hurmatli fuqaro Kamoliddin Akmalevich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qayd etildi va Siz murojaatda ko‘targan masala "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasiga kirmagani bois, turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" Ajning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi".

  MA'LUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220-500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, tarmoqda qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

  YAGONA TELEFON raqami — matbuot kotibi 71/236-68-08 va ISHONCH RAQAMI  — fuqarolar murojaati uchun maxsus raqam 71/208-56-46. Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7345

  !! Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELeKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

  E'tiboringizga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Matbuot xizmati tomonidan het.uz veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida keltirilgan e'lonini havola etamiz:

  Hurmatli iste'molchilar, hisoblagichlar o‘rnatishda biror bir anglashilmovchilik yoki ta'magirlik holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa, shuningdek, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-233-01-28, 78-150-75-64 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingizni so‘raymiz.

  ⇒ Ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali murojaat uchun:

  Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

  Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

   Call centre: 1154

   “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

  !! Fuqaro Nuriddinov Kamoliddin Akmalevich, shu bilan birga, barcha iste'molchilarga het.uz veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida berib borilayotgan ma'lumotlar, ogohlantirish hamda foydali maslahatlarni kuzatib borishni tavsiya etamiz. Elektr ta'minoti barqaror faoliyat yuritish uchun tizim tashkilotlari tunu kun xalqimiz xizmatida, iste'molchilarning huquqlari bilan birga majburiyatlari ham mavjud.  

"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>