Yangiliklar
Joriy yilda elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yoxud O‘zbekiston tarixida avval kuzatilmagan rekord darajadagi yirik loyihalar xususida qisqacha
  • 05.08.2021
  • 246

  1. 2021-yilning o‘tgan 6 oyi davomida elektr energetika sohasida 4 341 MVt.ga teng bo‘lgan issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha jami 10 ta shartnoma imzolandi (Bu 4 341 MVt hajm O‘zbekistonda amaldagi o‘rnatilgan quvvatlarning qariyb uchdan birini tashkil qiladi).

  2. Joriy yilda Navoiy  va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 100 MVt.dan bo‘lgan 2 ta quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi (Bu O‘zbekiston tarixida birinchi yirik hajmdagi quyosh elektr stansiyalari hisoblanadi).

  3. 2021-yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1 800 MVt.ga teng bo‘lgan issiqlik va quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi (Bir yilda bu kabi yirik hajmdagi quvvatlar avval ishga tushirilmagan).

  4. 2021-yilda yuqori kuchlanishli 17 ta podstansiyada qo‘shimcha 1 568 MVA (megavolt amper) quvvat oshiriladi. Shuningdek, 3 ta yirik investitsiya loyihasi ishga tushiriladi. (Bir yilda bu hajmdagi quvvat va loyihalar avval ishga tushirilmagan).

  5. 2021-yil davomida uzunligi 15 000 km bo‘lgan past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari yangidan quriladi va rekonstruksiya qilinadi. (Bu O‘zbekiston tarixida ilk bor yirik hajmdagi yangilash ishlari hisoblanadi.)

  6. 2021-yilda 4 000 ta transformator punkti modernizatsiya va rekonstrksiya qilinadi. (Bu ham O‘zbekiston tarixida ilk bor yirik hajmdagi yangilash ishlari hisoblanadi.)

  P.S: Ma'lumotlar Energetika vazirligi tomonidan e'lon qilingan xabarlar asosida tayyorlandi. Tan olish kerak, Energetika vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan energiya ta'minotini yaxshilash bo‘yicha salmoqli ishlar qilinmoqda.

  Energetika xabarlari

  https://t.me/energetika_xabarlari/400

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>