Yangiliklar
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Call sentr raqami — +998 (55) 500-5545 ishga tushdi
  • 05.08.2021
  • 1265

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Call sentr raqami — +998 (55) 500-5545 ishga tushdi. Dastlab qo‘ng‘iroqni vertual operator — robot qabul qilib, o‘zbek va rus tillarida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati haqida qisqacha ma'lumotlardan voqif etadi.

 

  So‘ng robot iste'molchilarga elektr ta'minoti, jumladan “aqlli hisoblagich”lar, mahallalardagi simyog‘och va transformatorlar yuzasidan taklif, shikoyat yoki arizalar mavjud bo‘lsa, turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining iste'molchilar uchun maxsus tashkil etilgan Call sentr qisqa raqamlari — 1154 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni tavsiya etadi.

  Shu o‘rinda bir narsani alohida ta'kidlash lozimki, elektr ta'minotiga O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimidagi bir nechta tashkilotlar mas'ul bo‘lsa-da, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

 

 
 «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati — mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va qisman qo‘shni respublikalardan import qilmnayotgan elektr energiyasini past kuchlanishli tarmoqlarga yetkazib berish, energotizim barqarorligini saqlash; «Issiqlik elektr stansiyalari»  hamda «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyatlari esa generatsiya — elektr energiyasini ishlab chiqarish; boshqa neft-gaz yo‘nalishidagi tashkilotlar esa tabiiy gaz, yerosti gazi, ko‘mir va boshqa neft mahsulotlarini elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayoniga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.  O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi esa sohada strategiyani belgilash, istiqbolli rejalar amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi yuqori organ hisoblanadi.

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining YAGONA, ISHONCH va DEVONXONA raqamlariga asosan turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga tegishli  masalalari bilan qo‘ng‘iroq qilishadi. So‘nggi paytlarda «Hududgazta'minot» aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasidagi masalalar to‘g‘risida ham ko‘plab qo‘ng‘iroqlar qayd etilmoqda.

 

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Call sentr raqami — +998 (55) 500-5545 yuqorida zikr etilgan masalalarni qisqa bayon qilgach, qo‘ng‘iroq egasiga operator bilan bog‘lashni taklif etadi va robot avval Yagona raqam, so‘ng Ishonch va Kanselyariya raqamlari bilan bog‘laydi.

QO‘SHIMCHA MA'LUMOTLAR:

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy ish vazifalari, Hukumat qarorlariga muvofiq amalga oshirayotgan investitsiya loyihalari, ta'mirlash-tiklash — modernizatsiya-rekonstruksiya hamda qurilish-montaj ishlari haqida batafsilroq ma'lumotlar bilan tanishish istagida bo‘lsangiz Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan "TAHLIL VA TAQQOS: 2019-yilning ikkinchi yarmidan 2021-yilning ikkinchi yarmigacha" nomli havolalar jadvalida berilgan maqola, bayonot, xabar va ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

  Ўзбек тилида: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/1288

  O‘zbek tilida: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/1288

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7914

 

  Aziz fuqarolar, hurmatli iste'molchilar!

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytida O‘zbekiston Respublikasining xaritasi shaklida infografika ma'lumotnoma-jadvali joylashtirilgan bo‘lib, qaysi hududni belgilasangiz, o‘sha hududdagi Magistral elektr tarmoqlari filiali haqidagi ma'lumotlarni olish imkoniyatingiz paydo bo‘ladi.

  Ma'lumotnomada telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan bo‘lib, mutaxassislar sizni qiziqtirgan savollarga, ya'ni yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga bevosita aloqador savol, taklif, shikoyat-ariza va fikr-mulohazalarga javob berishadi.

 

 

 

  ‖ Veb-sahifa http://uzbekistonmet.uz

  ‖ Telegram http://t.me/uzmetaxborotxizmati

  ‖ Facebook https://www.facebook.com/

  ‖ Instagram https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

  ‖ Twitter https://twitter.com/uzbekistonmet

  ‖ Utube https://utube.uz/ru/users/7208

  ‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>