Kelib tushgan murojaatlar
"Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qayd etildi va turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi
  • 11.08.2021
  • 416

  Murojaat egasi: Tayir Mo‘minov (Muminov Tayir), Andijon viloyatidan

  Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Shahrixon shahrida yashovchi — iste'molchi T.O. Mo‘minovman. Shaxsiy raqam: 2030043. Nohaqdan elektr energiya bo‘yicha 2 054 602.89 qarz qilib qo‘yishibdi. Shu masalani o‘rganib, hal etishingizni so‘rayman.

 

  Murojaat egasi: Mansurxo‘ja G‘ofurov (Gafurov Mansur-xodja), Buxoro viloyatidan

  Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifati yuzasidan shikoyat qilmoqchiman. Hafta davomida tez-tez elektr ta'minoti uzilib turadi. Tashqarida esa +40 daraja issiq. Ibn Sino ko‘chasi 26/2- va 26/1-uy aholisi nomidan Hukumatga jamoaviy arznoma yubordik. Negaki uydagi elektr jihozlarimiz (muzlatkich, konditsioner, televizor va boshqalar) tezda nosoz holga kelmoqda. Shu masalani o‘rganib, hal etishingizni so‘raymiz.

 

  Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Tayir Mo‘minov va Mansurxo‘ja G‘ofurov, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qayd etildi va Siz murojaatda ko‘targan masala "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasiga kirmagani bois, turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

  MA'LUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220-500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, tarmoqda qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

  Call markaz raqami — +998 (55) 500-5545. Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7345

  ! Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELeKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

  het.uz – rasmiy veb-sayti

  Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

  Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

  Call centre: 1154

"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>