Kelib tushgan murojaatlar
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Yagona telefon raqami orqali A-76-sonli qaydnoma (23.08.2021) bilan ro‘yxatga olingan fuqarolar murojaatiga javob
  • 25.08.2021
  • 377

☎️ Murojaat egasi: Zarina Muhammadova hamda Dilrabo Mirzayeva, Surxondaryo viloyati

  Murojaat mazmuni: “...Issiq yoz kunlari o‘tib ketdi hamki, bizning yer joyimiz va kompesatsiya to‘lovimiz hal bo‘lmadi... 15-20 kundan keyin sovuq kunlar, yomg‘ir boshlanadi. Men ikki bolam bilan qaerda yashayman? Na yer berildi va na kompesatsiya to‘lovlari... Qog‘oz hujjat ko‘tarib hokimiyatma hokimiyat yurib charchadik. “Milliy”dan ham bir necha marta kelishdi. Ko‘p marotaba gaplashdik... Natija yo‘q. Menga qachon yer va kompesatsiya to‘lovi beriladi?”

⇒ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi “O‘zbekiston Respublikasi hududida 500 kVli G‘uzor-Regar (L-507) elektr uzatish liniyasini tiklash” investitsion loyihasi doirasida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi rejalashtirilgan Surxondaryo viloyatining Denov va Sariosiyo tumanlaridagi aholi uy-joylar bo‘yicha murojaatlarga javob beradi.

  Loyiha to‘g‘risida ma'lumot:
  O‘zbekiston va Tojikiston energiya tizimlarining paralell ishlashini ta'minlash maqsadida tiklanayotgan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi 500 kV kuchlanishli  “L-507” elektr uzatish liniyasining umumiy uzunligi 173 km bo‘lib, qayta tiklanadigan qismi 63,3 kmdan iborat. Ushbu investitsion loyiha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.

  Fuqaro murojaatiga qisqacha tartibda javob:
Fuqarolarning uy-joy, bino-inshootlarini buzish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 16-noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta'minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 911-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

  2021-yil 8-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “yer munosbatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli Farmonga asosan, davlat va jamoat extiyojlari uchun olib qo‘yilishi ko‘zda tutilgan yerlar va ularga beriladigan yerlarni tartibga solgan holda, tuman hokimlari vakolati viloyat hokimiga o‘tkazilishi va yer berishni bir muddatga to‘xtatish maqsadida marotoriy e'lon qilingan hamda belgilangan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Farmondan kelib chiqqan holda nizomini ishlab chiqish topshirig‘i berilgan.

 

⏳ Hozirda ushbu Nizom tegishli tartibda ishlab chiqilayotganligi hamda tasdiqlanmaganini inobatga olgan holda, Surxondaryo viloyatiga Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan yozma ravishda murojaat qilingan va ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda.

 

  Ayni paytda ushbu masala «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi boshchiligidagi Ishchi guruh bilan joyiga chiqib batafsil o‘rganilmoqda. Ishchi guruh tarkibida qurilish-montaj tashkiloti mutaxassislari, Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi xodimlari, ekolog-mutaxassislar, loyihalashtirish instituti xodimlari, «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali muhandislari hamda Denov va Sariosiyo tuman hokimligi vakillari, shuningdek investitsion loyiha amalga oshirilayotgan hudud  mahalla fuqarolari yig‘ini faollari bor. Murojaatda ko‘tarilgan masala bo‘yicha aniq yechim tez orada «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati hamda Surxondaryo viloyati hokimiyati matbuot xizmati tomonidan e'lon qilinadi.

Murojaatga javob xati:
Yodingizda bo‘lsa “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yagona telefon raqami orqali 2021 yil 23 avgust kuni A-76-sonli qaydnoma bilan ro‘yxatga olingan, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi fuqorolar Zarina Muhammadova hamda Dilrabo Mirzayevalar tomonidan murojaatga loyiha to‘g‘risida ma'lumot va olib borilayotgan ishlar borasida qisqa tartibda javob berilgan edi.

O‘tgan vaqt davrida, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, “Nurobod” MFY “Yoshlar” ko‘chasi, 78-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro (mul egasi) Muxammadov Murodqul (Zarina Muhammadovaning otasi) hamda tumanning
“Marjona” MFY “Zaxnobod” qishlog‘i, 12-uy, 76-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Ko‘charov Tojiddin Xabibulloyevich (turmush o‘rtog‘i Dilrabo Mirzayeva)larning ko‘chma-mulk obyektlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta'minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 911-sonli qaror Nizomining talablaridan kelib chiqqan holda kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>