Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan «O‘zbekiston MET» AJning bir qator fidoiy ishchi-xodimlari «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlandi
  • 31.08.2021
  • 708

  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 23-avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

 

  “Mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida o‘tgan davrda amalga oshirilgan ulkan ishlar, erishilgan yuksak natijalarda, hech shubhasiz, hayotimizning turli soha va tarmoqlarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor», deyiladi Farmon matnida.

  Bunday olijanob insonlarning el-yurt oldidagi xizmatlarini e'tirof etish va munosib taqdirlash vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni yuksak marralar sari ruhlantirish, ular qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

  Mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta'minlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimizni «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlanmoqda.

 

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta'sis etilgan “Mustaqillikning 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan «O‘zbekiston MET» AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarda faoliyat yuritadigan xodimlar ham taqdirlanishdi.

  1. Elmurodov Xoliq Boboyorovich — "O‘zbekiston MET" AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari;

  2. Artikov Sobirjon Sadullayevich — "O‘zbekiston MET" AJ Kapital qurilish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo‘yicha boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari;

  3. Qurbonov Feruz Mustafoyevich — "O‘zbekiston MET" AJ Boshqaruv raisining Investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari;

  4. Ashirboyev Jasur Toxirovich — "O‘zbekiston MET" AJ Boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

  5. Boboyev Muzafar Komiljonovich — "O‘zbekiston MET" AJ Milliy dispetcherlik markazi boshlig‘i;

  6. Kuliboyev Shamsiddin Sirojiddinovich — "O‘zbekiston MET" AJ Elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i;

 7. Xidirova Nodira Djaxangirovna — "O‘zbekiston MET" AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitalari raisi;

  8. Xadjimuratova Feruza Mirxatamovna — "O‘zbekiston MET" AJ Ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i;

  9. Inamxodjayev Sunnatilla O‘tkirovich — "O‘zbekiston MET" AJ Markaziy releli himoya avtomatikasi xizmati sektor boshlig‘i;

  10. Baymurzayeva Zebo Polotdjanovna — "O‘zbekiston MET" AJ Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;

  11. Xamidov Islom Ibragimovich — "O‘zbekiston MET" AJ Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i;

  12. Tashtayev Abduvali Rixsibayevich — "O‘zbekiston MET" AJ Avtotransport va mexanizmlar xizmati yetakchi muhandisi;

  13. Gulyamov Doniyor Baxtiyarovich — "O‘zbekiston MET" AJ Ishlab chiqarish xo‘jalik xizmati boshlig‘i;

  14. Yusupxanova San’at Axmetxanovna — "O‘zbekiston MET" AJ Buxgalteriya hisobi va hisoboti 1-toifali buxgalteri;

  15. Maxmudov Nurulla Maxsutjonovich — "O‘zbekiston MET" AJ Elektr energiyani sotib olish va sotish boshqarma boshlig‘i;

  16. Kasimov Abdurashid Xamidovich — "O‘zbekiston MET" AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlov xizmati 1-sinf nazoratchisi;

  17. Eshankulov Salim Latipovich — "O‘zbekiston MET" AJ elektr energiyasi texnologik sarflarini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i;

  18. Fayzulloyev Shuxrat Sayfulloyevich — "O‘zbekiston MET" AJ mustahkamlik xavfsizlik texnikasi xizmati sektori boshlig‘i;

 19. Suvorov Igor Kasimovich — “Gridgon” MChJ direktori;

  20. Vakilova Nargiza Askarovna — "ENERGO-IT" filiali Avtomatlashtirilgan dichpetcherlik boshqaruv tizimlarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqarish va kuzatib borish va SKADA/EMS bo‘limi 1-toifali ABT muhandisi;

  21. Dudarenko Tatyana Igorevna — "ENERGO-IT" filiali Avtomatlashtirilgan dichpetcherlik boshqaruv tizimlarining dasturiy ta'minotini ishlab chiqarish va kuzatib borish va SKADA/EMS bo‘limi boshlig‘i;

  22. Saidiyeva Gulnoza Akramovna — "ENERGO-IT" filiali Kommutator zalining shaharlararo telefon aloqa telefonisti;

  23. Sherbina Olga Vladimirovna — "ENERGO-IT" filiali Kommutator zalining shaharlararo telefon aloqa telefonisti;

  24. Rasulov Anvar G'aniyevich — "Toshkent shahar MET" filiali direktori;

  25. Sharifjonov Ikromjon Ilxomboy o‘g‘li — "Toshkent shahar MET" filiali “Keles” podstansiyasi boshlig‘i;

  26. Malikov Muxtor Homid o‘g‘li — "Toshkent shahar MET" filiali “Ozodlik podstansiyasi boshlig‘i;

  27. Xaqnazarov Sherzod Jurakulovich — "Toshkent shahar MET" filiali “Zafar" podstansiyasi boshlig‘i;

  28. Nazarkulov Daniyar Tuymekulovich — "Toshkent shahar MET" filiali Mexanizatsiya va avtotransport guruhi haydovchisi;

  29. Toleshoya Aysulu Saduaxasovna — "Energomaxsusavto" MChJ hisobchisi;                      

  30. Sherbakova Yelena Borisovna — "Energomaxsusavto" MChJ xodimlar bilan ishlab inspektori;                           

  31. Sattorov Jo`raqul — "Toshkent MET" filiali podstansiyalar xizmati, "Adolat" podstansiyasi boshlig‘i;                                              

  32. Jirkinbayev Ilesbay Mamasadikovich — “Toshkent MET” filiali liniya xizmati YKT Toshkent guruhi katta ustasi;                                                    

  33. Rasulov Ulug`bek Uktamovich — "O‘zenergoinjiniring" AJ texnik direktori;                          

  34. Usmanova Zulfiya Pulatovna — "O‘zenergoinjiniring" AJ loyihalarni shakllantirish va chiqarish bo‘limi boshlig‘i;                               

  35. Ergashev Bekzod Abduganiyevich — “Toshkent MET” filiali liniya xizmati, YKT Bekobod guruhi katta ustasi;                                                  

  36. Baybajanov Abror Arofataliyevich — "O‘zenergoinjiniring" AJ Texnik departament bo‘limining qurilish sektori mudiri;

  37. Abdumalikov Zarif Abdumalik o‘g‘li — "O‘zenergoinjiniring" AJ Samarqand kompleks loyihalash filiali loyiha bosh muhandisi;

  38. Alaudinova Raida Muxtariyevna — Toshkent tibbiy sanitariya qismi bosh buxgalteri;

  39. Inagamova Ziyoda Shukurovna — Toshkent tibbiy sanitariya qismi yetakchi iqtisodchisi;

  40. Shirova Yayra Fazilovna — Toshkent tibbiy sanitariya qismi hamshirasi;

  41. Nuritdinova Mexrinisa Ashrafovna — Toshkent tibbiy sanitariya qismi terapiya bo‘limi boshlig‘i;

  42. Isayev Xusan Mirzakirovich — Toshkent tibbiy-sanitariya qismi terapiya bo‘limi boshlig‘i;

  43. Kadirova Ozoda Karimovna — Toshkent tibbiy sanitariya qismi bo‘lim boshlig‘i;

  44. Mashenov Yerjan Turganaliyevich — "Toshkent MET" filiali Podstansiyalar xizmati boshlig‘i;

  45. Akbarov Mixriddin Maxkambayevich — "Toshkent MET" filiali “Toshkent-500” podstansiyasi 1-toifali muhandisi;

  46. Baymuxamedov Abdulaziz Abdukadirovich — "Toshkent MET" filiali direktori;

  47. Mustafayev Nurjan Mutalovich — "Toshkent MET" filiali "Chinoz" EUT va NS guruhi boshlig‘i;

  48. Tuychiyev Daniyar Baxtiyarovich — "Toshkent MET" filiali Liniya xizmati YKT Olmaliq guruhi ustasi;

  49. Normetov Ergash Otpasarovich — "Toshkent MET" filiali Nimstansiyalar xizmati "Saodat" NS usta.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>