Yangiliklar
O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGIGA MUNOSIB TUHFA: YANGI BINO VA AVTOMOBIL
  • 31.08.2021
  • 380

  Avval xabar berganimizdek, bugun «Qashqadaryo MET» filiali ma'muriyatiga yangi bino qurib topshirildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimiyati, elektr energetika turdosh tashkilot vakillari, faxriylar va OAV jurnalistlari ishtirok etdi.

  Qashqadaryolik yuqori kuchlanishli tarmoq va podstansiyalarda xizmat qilayotgan muhandis-montyor, ishchi-xodimlarga «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining tabrik so‘zlarini uning birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov yetkazib, energetiklarni mamlakatimizning sharafli bayrami arafasida yangi, zamonaviy jihozlangan binoda mehnat faoliyatini davom ettirishi munosabati bilan samimiy tabrikladi.

  Ochilish marosimida so‘z olgan mehmonlar qashqadaryolik mutaxassislarga yaratilgan shart-sharoitlarni alohida tilga olinib, ularning ishiga rivoj tiladi. Aksiyadorlik jamiyati ma'muriyati nomidan maxsus funksiyalarga ega yuk mashinasining topshirilishi esa samarali mehnat faoliyati uchun yana bir turtki bo‘lishi e'tirof etildi.

 

 

 

 

Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>