Yangiliklar
Prezident qaroriga muvofiq amalga oshirilgan investitsiya loyihasining samarasi e'tirof etilmoqda
  • 06.09.2021
  • 443

  «Toshkent metallurgiya zavodi» MCHJ QKsining bosh direktori Z.N.Tuychiyevdan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov nomiga yuborilgan tashakkurnoma qabul qilindi.

 

  Ko‘pchilikka ma'lumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2018–2020-yillar oralig‘ida «Toshkent metallurgiya zavodining tashqi elektr ta'minoti ob'ektlarini qurish» investitsiya loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo‘lib, loyiha doirasida dastlab 220 kV li «Qo‘yliq» va «Adolat» podstansiyasi oralig‘ida kesma tugun hosil qilindi (Toshkent viloyatining Yik-ota mavzesida), so‘ngra umumiy uzunligi (2x23) 46 km bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i («kirish-chiqish»)  qurilib, yangi 220 kVli «Sirg‘ali» podstansiyasi barpo etildi. Zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan «Sirg‘ali» podstansiyasiga 2 dona 200 MVA quvvatli transformatorlar o‘rnatildi.

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7786

  Loyihadan ko‘zlangan maqsad, ya'ni yirik sanoat korxonasi — «Toshkent metallurgiya zavodi»ni, shu bilan birga, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining poytaxt bilan chegaradosh hududlarida istiqomat qiluvchi aholi hamda ishlab chiqarish ob'ektlarini elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish bo‘lib, bugungi kunda loyiha amaliyotda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

  Shu o‘rinda bir narsani alohida ta'kidlash lozimki, ushbu investitsiya loyihasining muhim strategik ahamiyati, ya'ni «Toshkent metallurgiya zavodi» MCHJ qo‘shma korxonasi to‘liq quvvatda ishlashi ta'minlandi.

 

 

 Bu haqda «Toshkent metallurgiya zavodi» MCHJ QKsining bosh direktori Z.N.Tuychiyevdan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov nomiga yuborilgan tashakkurnoma qabul qilindi.

  E'tiboringizga «Toshkent metallurgiya zavodining tashqi elektr ta'minoti ob'ektlarini qurish» investitsiya loyihasi to‘g‘risida qisqacha ma'lumotlarni taqdim etamiz:  

  Loyihaning asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3638-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-iyundagi “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJning tashqi elektr ta'minoti ob'ektlarini qurish” to‘g‘risidagi VMQ-540-son qarori.

  Loyihaning maqsadi:

    ·  Toshkent shahri Sirg‘ali tumanidagi «Toshkent metallurgiya zavodi»ga tashqi elektr ta'minotini yetkazib berish;

    ·  Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim tumanlaridagi elektr iste'molchilarni elektr-energiya bilan uzluksiz ta'minlash;

    ·  Mintaqada o‘sib borayotgan ehtiyojlarni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun elektr energetikasi infratuzilmasini yaratish;

    ·  “O‘zbekiston MET” AJning eksport salohiyatini oshirish;

    ·  Podstansiyalarning ishonchliligini, xavfsizligi va barqarorligini sezilarli darajada oshirish.

  Loyihaning amalga oshirish muddati: 2018–2020-yillar oralig‘ida (tugallangan).

  Loyihaning qiymati: 29,022 mln. AQSh doll.

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4569

  Loyihada rejalashtirilgan qurilish ob'ektlari:

    ·        uzunligi 46 km bo‘lgan 220 kVli elektr uzatish tarmog‘i qurilishi;

    ·        220/110/10 kV kuchlanishli “Sirg‘ali” podsansiyasining qurilishi.

  Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar:

    2020-yil 17-mayda — Elektr uzatish tarmog‘i qurilishi va “Sirg‘ali” podstansiyasida asosiy qurilish montaj ishlari yakunlanib, loyihani sinov tariqasida kuchlanish ostiga qo‘yish ishlari amalga oshirildi.

    2020-yil 25-mayda — Ishchi komissiyasi akti tuzildi.

    2020-yil 29–30-noyabr kunlari — Loyiha ob'ektlarini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasini tuzish uchun 2020-yil 18-iyundagi   178-sonli buyruqqa asosan tegishli tashkilotlardan vakil ajratish to‘g‘risida xatlar tarqatildi va davlat komissiyasi a'zolari shakllantirildi.

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/3150

 

 Anvar Qosimxo‘jayev,

  «Toshkent metallurgiya zavodining tashqi elektr ta'minoti ob'ektlarini qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish guruhi rahbari


 LOYIHA HAQIDA uzbekistonmet.uz veb-saytida:


  «TOSHKENT METALLURGIYE ZAVODINING TASHQI ELEKTR TA'MINOTI OB'EKTLARINI QURISH» INVESTITSION LOYIHASI

 

  https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/65

  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA MUVOFIQ 2018-YILDA BOSHLANGAN LOYIHA MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

  https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/342

  https://minenergy.uz/uz/news/view/552

  https://kun.uz/news/2020/05/14/ozbekiston-milliy-elektr-tarmoqlari-prezident-qarori-bilan-2018-yilda-boshlangan-loyiha-muvaffaqiyatli-yakunlandi

  https://uza.uz/uz/posts/loyi-a-amalda-sergeli-va-toshkent-viloyati-tumanlari-uchun-ya-13-05-2020

  INVESTITSIYA LOYIHALARI HAQIDA QISQA MA'LUMOT: «TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODINING TASHQI ELEKTR TA'MINOTI OB'EKTLARINI QURISH» INVESTITSION LOYIHASI

  https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/487

  “TOShKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI” FILIALI TASARRUFIDAGI «SIRG‘ALI» PODSTANSIYASIDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI OYLIGI TADBIRLARI O‘TKAZILDI

  https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/1285

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>