Yangiliklar
220/110/35/6 kVli «Kattaqo‘rg‘on» podstansiyasida modernizatsiya-rekonstruksiya dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlaridan lavhalar
  • 08.09.2021
  • 361

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi barcha magistral elektr tarmoqlaridagi kabi «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan ham 2021–2022-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

  Misol uchun, filial tarkibidagi 220/110/35/6 kVli «Kattaqo‘rg‘on» podstansiyasida modernizatsiya dasturiga asosan quvvati R-125000 kVA bo‘lgan T-2 avtotransformatorini quvvati R-200000 kVA bo‘lgan avtotransformatorga almashtirish ishlari kecha, 2021-yil 7-sentyabr sanasidan boshlandi.

  Eslatib o‘tamiz, Aksiyadorlik jamiyati ish rejasiga muvofiq kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari joriy yilning 1-oktyabr sanasigacha tugallashi belgilangan.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>