Yangiliklar
Shamol tegirmonlari yana ishdan chiqmoqda
  • 15.09.2021
  • 463

  So‘nggi haftalarda kuchli shamol bo‘lmaganligi sababli Shimoliy dengizdagi shamol elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish qisqargani oqibatida yevropada elektr energiyasi narxi rekord darajaga ko‘tarildi, deb yozadi Wall Street Journal.
 
  “Bu ko‘pchilikni ajablantirdi”, deydi, energetika tahlili bo‘yicha kompaniya, ICISning energetika mutaxassisi Stefan Konstantinov. - “Agar kelayotgan qishda, talab sezilarli darajada oshsa, bu haqiqiy muammoga aylanadi”.
 
  Yo‘qotishlarni qoplash uchun gaz va ko‘mir issiqlik elektr stansiyalarining quvvatlari ishlatilgan.
 
  ICIS tahliliy kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada MVt*soat narxi avgust oyining boshidan buyon deyarli uch barobar, o‘tgan yilning sentyabridan esa deyarli yetti barobar oshib, 331 yevroga yetdi. Bu 1999 yildan buyon rekord ko‘rsatgich. Germaniyada bir MVt*soat narxi bir oy ichida 30% ga oshdi va deyarli 130 yevroga yetdi.

#shamolenergiyasi

Manba:  @Clearenergy

https://t.me/clearenergy/1146

✍️ "O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>