Yangiliklar
"O‘zbekiston MET" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodov tomonidan 2021-yil 14-sentyabrdagi tasdiqlangan reja jadvaliga asosan, markaziy apparatda ishlovchi xodimlar uchun press-tur tashkil etildi
  • 17.09.2021
  • 364

  Bugun, 2021-yil 17-sentyabr kuni Markaziy boshqaruv apparat xodimlari uchun 220 kV kuchlanishli “Qo‘yliq” podstansiyasiga sayohat uyushtirildi.

  Press-tur davomida Markaziy boshqaruv apparati — asosan ma'muriy ishlar bilan shug‘ullanuvchi xodimlariga "O‘zbekiston MET" AJ tasarrufida qurilayotgan yangi podstansiyalar va elektr uzatish tarmoqlari ko‘rsatildi (tayanchlarni o‘rnatish, tarmoqlarni ta'mirlash va h.k), shuningdek, elektr ob'ektlarida olib borilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya  ishlari bilan yaqindan tanishtirildi.

  Eslatib o‘tamiz, rahbariyat topshirig‘iga binoan keyingi press-tur, reja jadvaliga muvofiq, haftajuma kuni o‘tkaziladi.

 

"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>