Qiziqarli xabarlar
Turkiyada harakatlanayotgan avtomobillar yordamida ishlaydigan shamol turbinalari o‘rnatildi
  • 26.08.2021
  • 326

 Istanbulda harakatlanayotgan mashinalarning shamolida ishlaydigan shamol turbinalari paydo bo‘ldi. Tizim Istanbul texnik universiteti va “Devecitech” tomonidan ishlab chiqilgan.

  “ENLIL”  vertikal turbinalari transport harakati natijasida yuzaga kelgan havo turbulentligi tufayli elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga, quyosh energiyasini ham o‘zlashtiradi.

  Yana bir ajoyib xususiyat shundaki, “ENLIL” harorat, namlik, uglerod chiqindilari va tektonik faollikni kuzatadi va bu ma'lumotlarning barchasi shahar hokimiyatiga uzatiladi.

 #shamolenergiyasi

Manba: @Clearenergy

https://t.me/clearenergy/1124

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>