Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ Xalqaro iqtisodiy forum doirasida «Transformatsiya jarayonlari» nomli taqdimot tadbirini o‘tkazdi
  • 29.09.2021
  • 353

  Avval xabar berganimizdek, bugun, 2021-yil 29-sentyabr kuni «O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli» mavzusidagi xalqaro Forum o‘z ishini boshladi.

 Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati “Silver” toifasida homiy va ishtirokchi sifatida qatnashmoqda.

 

 

Forumga tayyorgarlik ishlari bundan qariyb bir oy ilgari boshlangan edi...

 Tashkilotchilar uch kun davomida kecha-yu kunduz ushbu nufuzli tadbirga tayyorgarlik ko‘rishdi. Ular tarkibida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmati ham o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida «Toshkent siti» majmuasining «Kongress-xoll» majlislar zali binosida Forum tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rdi.

 Forum ishi soat 9:00 da mehmonlar va ishtirokchilarni ro‘yxatga olish bilan boshlandi...

 

  Forum tadbirlari reja-jadvaliga ko‘ra, soat 10:00 da “YANGI IQTISODIY O‘SISH DASTURINI AMALGA OSHIRISH” mavzusidagi tadbir boshlandi. Unda Forum ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining murojaati o‘qib eshittirildi.

 Forum ishi sessiyasi kirish so‘zini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari —  Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ochib berdi.

 

 

 

So‘ng xalqaro toifadagi iqtisodchilar, nufuzli bank-moliya tashkilotlari rahbarlari Forum sesiyasini o‘z nutq va mulohazalari bilan davom ettirishdi.

 Eslatib o‘tamiz, Forumda «Plenariy A» toifasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov ham ishtirok etdi.

 

 

 

Forum doirasidagi tadbirlarda O‘zbekiston energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ida 2017–2021-yillarda amalga oshirilgan alohida e'tirof etilib, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan istiqboldagi rejalar xalqaro jamiyat e'tiboriga taqdim etildi.  

 So‘ngra Forum doirasidagi tadbirlar boshlandi va 4-zalda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining “Transformatsiya jarayonlari” nomli taqdimot tadbiri o‘tkazildi.

 

 

 

  Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sobirjon Sadullaevich Artikov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari Jasur Toxirovich Ashirboev hamda Aksiyadorlik jamiyatining bir qator mutaxassislari ishtirok etishdi.

 Ingliz tilidagi infografika va slayd ko‘rinishidagi taqdimot materiallari Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan xorijiy mehmonlar va tadbir ishtirokchilari e'tiboriga taqdim etildi.

 

 

 

 “Transformatsiya jarayonlari” nomli taqdimot yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, ommaviy axborot vositalariga intervyu berildi. Tadbir ishtirokchilariga tarqatma materiallar taqdim etildi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan tayyorlangan o‘zbek, ingliz va rus tilidagi video-infografika mahsulotlari Forumning yirik videopanellarida namoyish etilmoqda.

 Forum esa o‘z ishini davom ettirmoqda...

✍️"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>