Yangiliklar
TURKMANISTONDAN ELEKTR ENERGIYASI IMPORTI AMALIYOTINING MUDDATI UZAYTIRILDI
  • 04.10.2021
  • 266

  Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston–Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi 15-yig‘ilishining (2019-yil 23-noyabr, Ashxobod shahri) qaroriga ko‘ra, Turkmaniston Respublikasidan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish masalasi yuzasidan kelishuvga erishilgan edi. Kelishuvga muvofiq 2019-yilning dekabr oyidan “O‘zbekiston MET” AJ hamda “Turkmenenergo” davlat energetika kompaniyasi o‘rtasida (2019-yil 1-dekabrdan 2020-yil 31-martgacha) Turkmanistondan O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangandi.

  Respublika iste'molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz va ishonchli ta'minlash maqsadida 2020–2021-yil, shuningdek, 2022-yil uchun elektr energiyasi import amaliyotining muddati uzaytirildi.

 ✍ Xalqaro aloqalar va shartnomalar bo‘limi

 

✍️"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>