Yangiliklar
Navoiy viloyat hokimi “yosh zakovatchi”larni taqdirladi
  • 15.10.2021
  • 377

  Navoiy viloyat hokimi “yosh zakovatchi”larni taqdirladi. Ular ichida  "Navoiy magistral elektr tarmoqlari" filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Shavkat Oynazarov ham bor...

  Navoiy viloyat hokimligining xabar berishicha, yaqinda Buxoro viloyatining Romitan tumani  “Bukhara Desert Oasis” turizm majmuasida bo‘lib o‘tgan respublika  “Zakovat” intelektual o‘yinlarining superfinal bosqichida ikkinchi o‘rinni egallagan Navoiylik zakovatchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

✔️ Viloyat hokimi Q.Tursunov muvaffaqiyatli ishtiroklari uchun  “yosh zakovatchi”larga minnatdorlik bildirib, ularga komputer jamlanmasi hamda kitoblar sovg‘a qildi.

⇒ "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining ma'muriyati hamda ko‘psonli jamoasi "Navoiy magistral elektr tarmoqlari" filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisini erishgan muvaffaqiyati bilan qutlaydi.

  ‖ Veb-sahifa http://uzbekistonmet.uz

  ‖ Telegram http://t.me/uzmetaxborotxizmati

  ‖ Facebook https://www.facebook.com/

  ‖ Instagram https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

  ‖ Twitter https://twitter.com/uzbekistonmet

  ‖ Utube https://utube.uz/ru/users/7208

  ‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>