Yangiliklar
Markaziy Osiyo energetiklari Bishkekda: energiya resurslari tanqisligi va oshib borayotgan narxlar, hamkorlikdagi faoliyat, mintaqada suv tanqisligi muammosi
  • 31.10.2021
  • 700

  Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi Elektr energetikasi muvofiqlashtiruvchi kengashining yig‘ilishi to‘g‘risida ma'lumot (Bishkek, 2021-yil 26–27-oktyabr) 

 

  2021-yilning 26–27-oktyabr kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 38-yig‘ilishi va Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi (MO BET — OES SA) Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 36-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  Yig‘ilishda Qozog‘istonning “KEGOC” aksiyadorlik jamiyati, Tojikistonning “Barki Tochik” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati xolding kompaniyasi, Qirg‘izistonning “Qirg‘iziston MET” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekistonning “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirok etishdi. Bundan tashqari, Kengash ishida Qirg‘iziston Energetika va sanoat vazirligi, Qirg‘iziston Milliy energetika xoldingi, “Elektr stansiyalari” AJ hamda Rossiya Federatsiyasining “Yagona energiya tizimining tizim operatori” AJdan vakillar ishtirok etishdi.

 

©O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati vakillari

 

Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. MO BETning 2021-yilgi vegetatsiya davridagi ish natijalari hamda 2021–2022-yillar kuz-qish davridagi ish rejimi;
2. Muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishining 35-sonli bayonnomasi qarorlarining bajarilishi to‘g‘risida;
3. Muvofiqlashtirish komissiyasining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;
4. “Qozog‘iston elektr energetika tizimi va Markaziy Osiyo elektr energetika umumtizimini rivojlantirish” nomli qo‘shma konsepsiyaning ishlab chiqishga oid masalalar muhokamasi;
5. Muvofiqlashtirish komissiyasining bo‘yicha 2021-yil 4-chorak hamda 2022-yil birinchi yarimyilligi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
6. “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazining (Toshkent) 2021-yildagi ish faoliyati yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasini tayinlash to‘g‘risida;
7. Rossiya Federatsiyasining “Yagona energiya tizimining tizim operatori” OAJ MO BET faoliyatiga kuzatuvchi maqomi sifatida kirishi to‘g‘risida;
8. “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazining 2019 yil - 2022 yil uchun xarajatlar smetasi, tarkibiy tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida. “Energiya” MDM faoliyatini moliyalashtirish ishlarining borishi to‘g‘risida;
9. MO BETning navbatdagi yig‘ilishining sanasi va joyini belgilash to‘g‘risida.

  Kun tartibidagi masala yuzasidan Kengash a'zolari o‘rtasida o‘zaro fikr almashildi. Muhokamalar paytida Markaziy Osiyo yagona energiya tizimi rejimlarini barqarorlashtirish borasidagi ijobiy o‘zgarishlar alohida e'tirof etilib, mavjud muammolarning yechimlari bo‘yicha takliflar bildirildi. Bundan tashqari, yig‘ilishda Energetika tizimlarining hamkorlikda ishlashiga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

 

  Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida energiya resurslari tanqisligi va uning tannarxi keskin oshib borayotgani, shu bilan birga, dunyo va mintaqada suv tanqisligi tufayli kuzatilayotgan energetika inqirozi muhokama etildi.

  Mazkur yig‘ilishida, shuningdek, Qirg‘iziston Energetika va sanoat vaziri o‘rinbosari T.O.Ibraev hamda Qirg‘iziston Milliy energetika xoldingi rahbari T.A.Baygaziev ham ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

 

 

  Vaziri o‘rinbosari T.O.Ibraevning qayd etishicha, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan Toqtogul suv omborining suv sahti “o‘lik chegara” darajasigacha tushishi ehtimoli bor. Bu holat mintaqada kelgusi yil vegetatsiya davrini muvaffaqiyatli o‘tishga imkon bermaydi va, o‘z-o‘zida ma'lumki, Toqtogul suv omboriga tutash daryolar oqib o‘tadigan qo‘shni mamlakatlarga o‘zining salbiy ta'sirini ko‘rsatadi.

❗️ Vaziyatni o‘nglash uchun Qirg‘iziston elektr energetika tizimiga qo‘shni davlatlardan yordam olish zaruriyati mavjudligi ta'kidlandi.

 

 

 

  Kun tartibidagi “Qozog‘iston elektr energetika tizimi va Markaziy Osiyo Birlashgan elektrenergetika tizimini rivojlantirish” nomli qo‘shma konsepsiyaning ishlab chiqish yuzasidan Gumarbek Daukeev nomidagi Olmaota energetika va aloqa universiteti prorektori A.A.Suaximov axborot berib, zarur ma'lumotlarni tezroq taqdim etish zaruriyati haqida fikr bildirdi.

 

  Yig‘ilishda, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining “Yagona energiya tizimining tizim operatori” AJga MO BET faoliyatida kuzatuvchi maqomi berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazining 2021-yildagi ish faoliyati yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasini tayinlash hamda Markazining 2019 yil - 2022 yil uchun xarajatlar smetasi, tarkibiy tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

 

  Muhokamalar natijalariga ko‘ra, Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining navbatdagi 37-yig‘ilishini 2022-yilning birinchi yarmida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Yig‘ilishini o‘tkazish joyi, sanasi va formati pandemiya karantini choralari bilan bog‘liq holda epidemiologik vaziyatga qarab tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadiga bo‘ldi.

✍ Xalqaro aloqalar va shartnomalar bo‘limi

E'tiboringizga, mavzuga taalluqli ma'lumotlar havolasini taqdim etamiz:

 ⇒ MARKAZIY OSIYO VA AFG‘ONISTON ENERGETIKLARI TOSHKENTDA ►11.10.2019

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/97

 ⇒ MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: SOHADA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING SALMOG‘I DOLZARB AHAMIYAT KASB ETIB BORMOQDA ►15.05.2020

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/347

 ⇒ MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: ENERGETIKA SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASH, ISHCHI-XODIMLARNING XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA BILIM VA KO‘NIKMALARINI OSHIRISH MASALASI ► 21.05.2020

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/353

 ⇒ MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: EKOLOGIYA, ENERGIYA SAMARADORLIGI VA «YASHIL ENERGIYA» MASALALARI ► 01.10.2020

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/526

 ⇒ Onlayn muloqot: Markaziy Osiyo energetika tizimlari Muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi 34-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi ► 11.12.2020

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/613

 ⇒ MARKAZIY OSIYO BIRLASHGAN ENERGOTIZIMIDA SODIR BO‘LGAN FAVQULOTDA HOLAT BO‘YICHA QISQA MA'LUMOT ► 17.04.2021

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/950

 ⇒ Online: O‘ZBEKISTON VA TOJIKISTON ENERGETIKLARI LOYIHALASHTIRISH INSTITUTI HAMDA XALQARO DISPETCHERLIK MARKAZI ISHTIROKIDA MUHOKAMALAR UCHRASHUVINI O‘TKAZISHDI ► 30.04.2021

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/978

 ⇒ Tojikiston Respublikasidan O‘zbekistonga mavsumiy (melioratsiya davrida) elektr energiyasi import amaliyoti yuzasidan ma'lumotnoma ► 10.06.2021

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1119

 ⇒ Online: Ayni paytda Markaziy Osiyo Birlashgan energotizimidagi istiqbolli vazifalar ijrosi hamda mavjud muammolar tahlil etilmoqda ► 29.06.2021

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1181

 

https://kun.uz/

https://daryo.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>