Qiziqarli xabarlar
TAQRIBIY TAQQOSLASh: O‘ZBEKISTONDA BIR KUNDA QANCHA ELEKTR ENERGIYASI ISTE'MOL QILINADI?
  • 19.11.2021
  • 148

O‘zbekistonda bir kunlik elektr energiyasi iste'moli o‘rtacha 241.6 mln kVt•soatni tashkil etmoqda (18.11.2021, tabiiy gaz: 50.4 mln. m3;  ko‘mir: 17 650 tonna; mazut — zaxira  yoqilg‘isi: 4 918 tonna; suv: 6,3 mln. m3);

*Misol uchun quvvati 7 Vt lampani kVt aylantiramiz: 7 Vt ÷ 1000 = 0,007 kVt. Demak, 1 ta 7 Vt li lampochka 1 soat ichida 0,007 kVt•soat elektr energiyasi iste'mol qiladi;

⇒ Natijani 24 soatga ko‘paytiramiz va bir kunda 1 ta elektr chirog‘i uzluksiz ishlatilganda: 0,007 kVt ÷ 24 soat = 0,168 kVt•soat elektr energiyasi iste'mol qilishi ma'lum bo‘ladi;

✔️ O‘zbekistondagi kunlik o‘rtacha iste'molni 24 soat davom etgan 7 Vtli elektr lampochkasi iste'moli misoliga taqqoslab ko‘rsak: 241,6 mln kVt•s ÷ ? 0,168 kVt•s = 1 438 095 238 dona elektr lampochkasi hosil bo‘ladi.

Faraz uchun, O‘zbekistonda bir kunda ≈ 24 soat davomida 1 milliard 438 million 095 ming 238 dona chiroq yonib turadi...

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>