Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Bu kabi 12 soatdan ziyod tarmoq uzilishi haddan tashqari ko‘p qiyinchiliklar tug‘dirmoqda”
  • 06.12.2021
  • 40

  Murojaat egasi: Gulnoza Mehmonova

  Murojaatchining manzili: Toshkent viloyati Parkent tumani, miradkhamovadilfuza@gmail.com

  Murojaat mazmuni:  Men fuqaro Mehmonova Gulnoza Miravlodovna Toshkent viloyati Parkent tumani Nomdanak qishlog‘ida istiqomat qilaman. Mana, ikki haftadan ziyodroq vaqtdan beri har kuni soat 17:00lar atrofidan elektr tarmog‘i o‘chirilib qo‘yiladi, to ertasi kuni soat 10:00largacha o‘chadi. Har kuni. Bu kabi uzoq muddatli tarmoqdagi uzilishlar sabab aholi yashash sharoitlari keskin yomonlashib, turmush darajamiz og‘irlashuviga olib kelmoqda. Qishlog‘imizda qariyalar, yosh bolalar, bemorlar va maktab o‘quvchilari ko‘p. Kimnidir sog‘lig‘i og‘irlashganda yoki kimgadir nimadir zarur bo‘lganda ilojsiz ahvolda qolayapmiz.

  Bu kabi 12 soatdan ziyod tarmoq uzilishi haddan tashqari ko‘p qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Shuningdek mazkur uzilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan me'yorlarga umuman amal qilinmasdan iste'molchi sifatida huquqlarimiz buzilishiga olib kelmoqda.

  Iste'molchi sifatida har doim kommunal to‘lovlarni vaqtida amalga oshiramiz, biroq iste'mol qilishga kelganda bunda uzilishlar hayotimizga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda. Mazkur holatni bartaraf etishda amaliy ko‘mak berishingizni so‘rayman.

  Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Gulnoza Mehmonova, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qayd etildi va Siz murojaatda ko‘targan masala "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasiga kirmagani bois, turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

  MA'LUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220-500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

  Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/9319

   !! Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELeKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

   “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
   het.uz – rasmiy veb-sayti
   Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
   Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari
   Call centre: 1154

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>