Yangiliklar
Energetika vazirligi Matbuot-shtabi: Quyosh panellari va quyosh suv isitkichlarini sotib olish uchun imtiyozlar mavjud
  • 06.12.2021
  • 936

Savol: Men xonadonimga quyosh panellari yoki quyosh suv isitkichlarini sotib olmoqchiman, lekin bunga mablag‘im yetarli emas. Ushbu qurilmalarni imtiyozli shartlarda kreditga sotib olish imkoni bormi?

Javob: Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi va “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki o‘rtasida Jamg‘arma mablag‘laridan foydalangan holda jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektr stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar hamda qozonlarni sotib olish uchun iste'mol kreditlari ajratish bo‘yicha Bosh kelishuv imzolangan.

Ushbu maqsadlar uchun iste'mol kreditlari “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki kredit siyosatidan kelib chiqqan holda, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobarigacha (hozirgi kunda 135 mln so‘mgacha), 5 yil muddatga, kredit foizi Markaziy bank tomonidan belgilangan asosiy stavka miqdorida (yillik 14 %ga) ajratiladi.

Kredit olish uchun “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining istalgan bo‘limiga murojaat etishingiz mumkin.

 

 



O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1653

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>