Qiziqarli xabarlar
ELEKTR YOYI
  • 20.11.2019
  • 2333

   Elektr yoyi — bu moddaning to‘rtinchi shakli, ya’ni plazma holatining maxsus ko‘rinish bo‘lib, u ionlangan neytral gazlardan iborat. Erkin elektr zaryadlarining mavjudligi elektr yoyining o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi.

   Uning hosil bo‘lishini birinchi marta 1802-yilda rus olimi V.Petrov «4200 dona mis va rux idishlaridan iborat katta quvvatlagich ishtirokidagi galvanik-voltaik tajribalar haqida ma’lumotlar» (Sankt-Peterburg, 1803) kitobida tasvirlangan.

   Elektr tutashuv zanjiri ajratilganda yoki aksincha bir-biriga ulanayotgan paytda elektr yoyi shaklidagi elektr uzilishi hodisasi ro‘y beradi. Elektr yoyining paydo bo‘lishi uchun tutashuvdagi kuchlanish 10 kV dan yuqori bo‘lishi, tok kuchi esa 0,1 amper yoki undan yuqori bo‘lishi kifoya. Hayratlanarlisi shundaki, elektr tutashuv zanjiri ajratilayotganda hosil bo‘ladigan elektr yoy ichidagi harorat 3-15 ming darajaga yetishi mumkin.

   110 kV va undan yuqori kuchlanishlarda elektr yoyning uzunligi bir necha metrga yetishi mumkin. Shu sababli 1 kV dan yuqori kuchlanishda hosil bo‘ladigan elektr yoyi ancha xatarli, biroq ayrim hollarda elektr yoyi 1 kV dan past kuchlanishli qurilmalarda ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 

   Shuning uchun elektr yoyi hosil bo‘lishini mumkin qadar cheklash, zaruriyat bo‘lmaganda avval elektr ta’minotini tarmoqdan uzib, keyin tuzatish-ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadga muvofiq.

   Elektr montyorlar va muhandislar elektr tarmoqlarida tuzatish-ta’mirlashg ishlarini olib borishayotganda xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘liq amal qilishi hamda barcha zarur kiyim, anjom va uskunalar bilan qurollangan bo‘lishi lozim.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

>