Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Kuniga uch mahal “svet” o‘chadi. “Elektraset” xodimlari kelib, transformator ortiqcha yuklamani ko‘tara olmayotganini aytib, sozlab, chirog‘imizni yoqib berishadi. Shu ustaxonalarni...”
  • 27.12.2021
  • 591

  Murojaat egasi: Qarshiboyev Diyorbek Xayrullla o‘g‘li

  Elektron pochta: qarshiboyevdiyorbek30@gmail.com

  Murojaat mazmuni: “...Uyda tok o‘chib qoldi. Puli tugagan bo‘lsa kerak deb 50 ming so‘m tashladim. Darrov yonmadi... “Elektroset” raqamiga qo‘ng‘iroq qildim, hech kim ko‘tarmadi. Pul tashlaganda “svet” yonmasa, “elektroset” telefonlarini hyech kim ko‘tarmasa, biz nima qilishimiz kerak?!”

 

  Murojaat egasi: Suxrob Rajabov

  Elektron pochta: lech_fak@mail.ru

  Murojaat mazmuni: “...Assalomu alaykum! Men Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri,  Nasaf ko‘chasida yashayman. Qo‘shnilar bilan kelishib, ancha yillar oldin ko‘chamizga (25 xonadon uchun) transformator o‘rnattirgan edik. To‘rt-besh yildan buyon elektrmontaj ustaxonalar bizning transformatorga ulanib keladi (3–5 tasi). Aynan shu oylarda kuniga  uch mahal “svet” o‘chadi. “Elektraset” xodimlari kelib, transformator ortiqcha yuklamani ko‘tara olmayotganini aytib, sozlab, chirog‘imizni yoqib ketishadi. Shu elektrmontaj ustaxonalarni bizning transformatordan uzdirish yoki ularni boshqa tarmoqqa ulash imkoni bormi?”

 

  Murojaat egasi: Mamadaliyev

  Elektron pochta: samum101@mail.ru

  Murojaat mazmuni: “Qibray tumanida tez-tez elektr energiyasi avariya holatiga keladi. Rahbar xodimlar nimaga chorasini ko‘rib quymaydi?”

 

  Murojaat egasi: Solomov Farxod Akramjanovich

  Elektron pochta: solomovf@mail.ru

  Murojaat mazmuni: “...Ishlatib yaroqsiz holga kelib qolgan transformator atrofini hyech qanday himoya banerlarsiz va shu atrofdagi 5 ta xo‘jalikning roziligisiz (xonadonlarda odam yo‘qligidan foydalanib), Uychi “elektroset” xodimlari transformator o‘rnatib ketishgan.

  Transformator xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagan holda (ariq yoqasiga, og‘ish ehtimoli o‘ta kuchli joyga, qarama-qarshi tomonidagi uyni qarshisiga, transformatorga keladigan yuqori kuchlanishli elektrga moslashgan tayanch ustuniga) o‘rnatilgan. Bu tayanch ustuni orqali yuqori kuchlanishli elektr toki o‘tadi va undan butun mahallaga, qo‘shni mahallalarga ham elektr tarqatiladigan holda rejalashtirilgan.

  Hozirgi kunda aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi yuqoriligi va hududda aholi soni ko‘pligini hisobga olib, kabellardan o‘t chiqib, uyning tom qismiga ilashib ketish ehtimoli juda katta. Yo‘lning qatnov qismida joylashgan bu transformator va “stolba” noto‘g‘ri o‘rnatilgani bo‘yicha bir necha bor ogohlantirishimizga qaramasdan Namangan shahar, Uychi “elektroset” xodimlari va rahbari transformatorni boshqa joyga ko‘chirishga qarshilik ko‘rsatmoqda.

  Qonun bo‘yicha odamlarni transformatordan chiqadigan zararli nurlardan himoya qilish uchun transformator va xonadon orasida masofa 7 metrni tashkil kilishi kerak. Lekin Uychi “elektroset” xodimlari tomonidan o‘rnatilgan transformatorni xonadon bilan uzoqligi atigi 2.5 metrni tashkil qiladi.

  Tirik organizm uchun zararli magnit maydon hosil qiladigan, yuqori quvvatli yog‘ni o‘z ichiga olgan elektr jihozlarini ishlatishda insonga xavf tug‘diradigan, uning sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan transformatorni o‘rnatishda, magnit maydonining kuchi, tovush nurlanishi umuman hisobga olinmagan.

  Vaholanki, shu joydan 100–200 metr uzoqdagi joylarda aholi yashamaydigan, lekin teraklar ekilgan joylar bor. Bundan tashqari, 8 ta shunga o‘xshash xonadoni yo‘q yer-joylar mavjud.

  Shularni hisobga olgan holda va shu yerda yashayotgan 5 ta xo‘jalik xavfsizligi uchun, elektr toki tarqatadigan tayanch ustuni va transformatorni xavfsiz joylarga o‘tkazib berishingizni so‘raymiz.

  Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarorida ko‘rsatilgan normalarga zid bo‘lgan holat uchun, xavfsizlik qoidalari va boshqa me'yoriy hujjatlar amal qilmagan, murojaatimni befarqlarcha qoldirgani va lavozimga mas'uliyatsizlik bilan yondashgani uchun Uychi “elektroset” rahbariga chora ko‘rib berishingizni so‘rayman.

  Ko‘rilgan chora buyrug‘idan va masala yechimi bo‘yicha hujjatlarni solomovf@mail.ru manziliga jo‘natishingizni so‘rayman

  Manzil: Uychi tumani, Yorqo‘rg‘on qishlog‘i, Tepasaroy MFY, Ustoz ko‘chasi. Solomov Farxod Akramjanovich”

 

  Murojaatlarga javob: Hurmatli fuqarolar Qarshiboyev Diyorbek Xayrullla o‘g‘li; Suxrob Rajabov; Mamadaliyev hamda Solomov Farxod Akramjanovich! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

  MA'LUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

   Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8732

 

 !! Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, sohaga tegishli ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

  ⇒  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

  het.uz – rasmiy veb-sayti

  Телеграм – @hetmuloqot, @HET_admin

  Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

  Call centre: 1154

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>