Yangiliklar
Jizzax viloyatida “DNS-2” podstansiyasining yangi quvvatlari ishga tushirildi
  • 28.12.2021
  • 307

  Avval xabar qilganimizdek, Jizzax viloyatining Zarbdor tumani hududida joylashgan “DNS-2” podstansiyasini 110 kV kuchlanishdan 220 kV kuchlanishga o‘zgartirish orqali podstansiya quvvatini 150 MVA (Megavolt amper)ga oshirish ishlari yakunlandi.

  Ushbu ishlarni amalga oshirish natijasida hududning quvvat o‘tkazish qobiliyati 150 MVtga oshirildi. Natijada, mazkur hududlar iste'molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlanadi.

  Jumladan, “Zomin sement”, “Zomin tekstil”, va “Jizzax konteks” MCHJlari, “Zomin farm”, Temir-beton maxsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi, Zarbdor tumani hududida 2 ta tekstil korxonasi, issiqxonalar, yangi tashkil etilayotgan fermerlarning tik quduqlari, Yangiobod tumani hududida yangi tashkil etilayotgan fermerlarning tik quduqlari, Sharof Rashidov tumani hududida “Jizzax EIZ” filiali kabi yangi ishlab chiqarish korxonalarini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlanadi.
 

 

 

  Ma'lumot uchun: Ushbu yirik loyiha Energetika vazirligi tizimidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.


  O‘zbekiston Respublikasi
  Energetika vazirligi Matbuot xizmati

   https://minenergy.uz/uz/news/view/1688

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>