Yangiliklar
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar, hurmatli “O‘zbekiston MET” AJ jamoasi!
  • 31.12.2021
  • 219

  Sizni va siz orqali oila a'zolaringizni yaqinlashib kelayotgan yangi — 2022-yil bilan muborakbod etaman!

  Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilayman!

  Yurtimiz energetika sohasi ravnaqi, xalqimiz baxtu saodati, ona Vatanimizning tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi xayrli ishlaringizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!

  Yurtimiz kundan-kunga rivoj topib, taraqqiyot yo‘lidan ketmoqda. Bu albatta, tanlagan yo‘limizning nihoyatda to‘g‘riligi, u mustahkam asosga ega ekanligidadir. Bugungi rivojlanishga Siz kabi tajribali va jonkuyar insonlar tomonidan katta hissa qo‘shilmoqda.

  Aminmizki, Sizning ko‘p yillik tajribangiz, sharafli vazifangiz xalqimizning farovon hayoti uchun xizmat qiladi.

  Yangi yilda barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini, ko‘tarinki va bayramona kayfiyat hamisha hamroh bo‘lishini tilayman!

  Hurmat bilan,

  D.A.Isaqulov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

 

  ‖ Veb-sahifa ‖  Telegram ‖  FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>