Yangiliklar
Yanvar-fevral oylarida iste'molchilarga qo‘shimcha ravishda 256 038 tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib beriladi
  • 07.01.2022
  • 290

  Yanvar-fevral oylarida iste'molchilarga qo‘shimcha ravishda 256 038 tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib beriladi.

  2021-yilda iste'molchilarga jami 5 mln 465 ming tonna ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi.

  “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 2021-yil uchun belgilangan ko‘mir yetkazib berishning barcha ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan muddatidan oldin bajarildi.

  Xususan, 2021-2022-yillar kuz-qish mavsumi uchun byudjet tashkilotlariga 450 ming tonna, aholi iste'molchilari uchun 705 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.

  Iste'molchilarning talablaridan kelib chiqib, 2022-yil yanvar-fevral oylarida qo‘shimcha ravishda 256 038 tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib beriladi.


  Energetika vazirligi Matbuot xizmati

  https://minenergy.uz/uz/news/view/1703

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>