Yangiliklar
2021-yil SARHISOBI. 2-sonli: «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali — elektr uzatish, texnologik sarfni kamaytirish, modernizatsiya-rekonstruksiya, sozlash-ta'mirlash hamda madaniy-ma'rifiy amaliyotlar sarhisobi
  • 07.01.2022
  • 688

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialining asosiy vazifasi — elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan qabul qilib, taqsimlovchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga uzatish, shuningdek, boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari hamda magistral elektr tarmoqlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishdan iborat.

 

2021-yil davomida «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialida elektr tarmog‘i xo‘jaliklari obyektlari, ya'ni 500 kV kuchlaishli «O‘zbekiston», 220 kVli «O‘zgarish», «Farg‘ona», «Pavulg‘on», «Sokin» hamda 110 kV kuchlanishli «2A» podstansiyalari, shu bilan birga, umumiy uzunligi 591,322 kilometrni tashkil etgan 110–500 kVli elektr uzatish liniyalariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda podstansiyalarda modernizatsiya ishlarini tashkil etish kabi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7135

 

Jumladan, 2021 yil mobaynida filial tarmoqlari orqali 8818760,768 ming kVt•soat elektr energiyasi transportirovka qilindi. Elektr energiyasini uzatish jarayonidagi texnologik sarfi 151372,639 ming kVt•soatni yoki 1,72% tashkil qildi.

Elektr energiyasini tejash bo‘yicha tashkiliy tadbirlar rejasiga asosan 1604,221 ming kVt•soat iqtisod qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, amalda 2450,832 ming kVt•soat, ya'ni 152,7% elektr energiyasi iqtisod qilindi.

 

Podstansiyalarning xo‘jalik ehtiyoji uchun iste'mol qilinadigan elektr energiyasi uchun belgilangan reja 1025,000 ming kVt•soat bo‘lib, amalda 569,587 ming kVt•soat iste'mol qilindi. Buning natijasida 455,413 ming kVt•soat iqtisod qilindi.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/9262

 

Shu o‘rinda bir jihatni alohida ta'kidlash lozimki, elektr qurilmalarni sifatli ekspluatatsiya qilish — oldimizga qo‘yilgan muhim vazifalarimizdan biri. 2021-yil mobaynida 110–500 kVli elektr uzatish liniyalarining 37,38 kilometr uzunlikka ega qismida mukammal ta'mir ishlari bajarildi va «O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona hududiy bo‘limidan nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu, o‘z navbatida, bu tasdiqlangan rejaga nisbatan 100 foizni tashkil etadi. Joriy ta'mirlash ishlari elektr uzatish liniyalarining 62,77 kilometr uzunlikka ega qismida bajarilib, belgilangan rejaga nisbatan 100 foizga bajarildi.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6740

 

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mablag‘lari hisobidan xarid qilingan zamonaviy LK-160/500 rusumidagi polimerli izolyatorlardan 85 donasi filial tarkibidagi 500 kVli elektr uzatish liniyalarida o‘rnatilishi hisobiga ma'nan hamda jismonan eskirgan PF va PS rusumidagi izolyatorlar almashtirildi. Bu orqali liniyalarda elektr energiyasini o‘tkazishdagi mustahkamlik, elektr ta'minoti ishonchliligi oshirildi. Shu bilan birga, 29 dona metall tayanch ustunlarining temir konstruksiyalari yemirilishga qarshi bo‘yoqlandi.

2021-yilda, shuningdek, podstansiyalardagi 220, 110 va 35 kVli o‘chirgichlarning 17 donasi mukammal ta'mirlandi va 98 dona o‘chirgichlarda joriy ta'mir ishlari bajarildi.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/9547

Mavjud havo kompressorlarining 4 donasi mukammal va 8 donasi joriy ta'mirlandi. 12 dona avtotransformatorlarda joriy ta'mirlash ishlari tasdiqlangan rejaga ko‘ra tashkil etilgan holda to‘liq bajarildi.

Bino va inshootlarni davriy ta'mirlash ishlarini tashkillashtirish va estetik holatini yaxshilash maqsadida, 220 kVli «Sokin» podstansiyasi ma'muriy binosining eski eshik-romlari o‘rniga yangi, zamonaviy metall-plastik eshik-romlari o‘rnatilib, bino to‘liq ta'mirlandi. Podstansiya hududiga betonli yo‘laklar quyilib, beton bordyurlar o‘rnatildi, podstansiya xodimlari uchun hojatxona qurilish ishlari yakunlandi.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5891

220 kVli «Povulg‘on», «Farg‘ona» va «O‘zbekiston» podstansiyalari hududiga ham betonli yo‘laklar quyilib, beton bordyurlar o‘rnatildi. Qo‘qon shahridagi avtogaraj binosi to‘liq ta'mirdan chiqarildi, estetik holat yaxshilandi.

 

Bundan tashqari, o‘tgan 2021 yilda yoshlarni sport ishlariga jalb qilish maqsadida, ishlab chiqarish-ta'mirlash bazasi hududida mini futbol va voleybol maydonchalari hamda yechinib-kiyinish va dush xonalari qurilib, foydalanishga topshirildi. Hozirda ushbu sport maydonlarida farg‘onalik yosh energetiklar turli sport musobaqalarini o‘tkazmoqdalar.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6699

 

Eksplutatsiya ishlari va boshqa turdagi qurilish-montaj ishlarni amalga oshirishda avtotransport vositalari va mexanizmlarning munosib xizmati ham beqiyos. 2021-yilda filial tasarrufidagi 21 dona maxsus avtotransport va mexanizmlar ta'mirlanib, jami 120,427 mln. so‘mlik ishlar bajarildi.

 

Bir so‘z bilan aytganda, yuqorida qayd etilgan ishlar, filialda faoliyat yuritayotgan xodimlarning samarali mehnatlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Har tomonlama yetuk, bilimli mutaxassislarni tayyorlash, ularni muntazam ravishda malakalarini oshirib borish, filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Malakali muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash maqsadida, 2021-yilning yanvar-mart oylari mabaynida, Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Nurafshon» sanatoriyasida «O‘zbekiston MET» AJ va «Farg‘ona MET» filiali mutaxasislari tomonidan o‘quv seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7651

O‘quv seminarlarda «O‘zbekiston MET» AJ filiallarining 92 nafar mutaxassis-xodimlari ishtirok etib, ularning malakalari oshirildi. Malaka oshirish davomida mutaxassislar «Nurafshon» sanatoriyasida o‘z sog‘liklarni ham tikladilar.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7922

 

Bundan tashqari, 2021 yil mobaynida xodimlarning bilim-saviyalarini aniqlash va ularni malakasini oshirish maqsadida 655 nafar xodimlar sinovdan o‘tkazildi.

Joriy yilda filialning barcha obyektlarida avariyali holatlarni oldini olish va tezkor bartaraf etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan avariyaga qarshi 90 marta va yong‘inga qarshi 54 marta amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Joriy yilda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining buyrug‘iga ko‘ra tashkil etilgan «Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi» tadbirlari natijalariga ko‘ra «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi faxrli 1-o‘ringa munosib deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabr sanasidagi 3284-sonli «Jahon banki ishtirokida magistral tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish invest loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi 22 dona podstansiyalarida amalga oshirilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari doirasida, «Farg‘ona MET» filiali tarkibidagi energotizimni tashkil qiluvchi 220 kVli «Sokin», «O‘zgarish», «Farg‘ona» podstansiyalarida ham ma'nan, ham jismonan eskirgan elektr qurilmalarni zamonaviylariga almashtirish ishlari olib borildi.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6621

 

Jumladan, «O‘zgarish» podstansiyasidagi AT-1 200 MVAli avtotransformatorini o‘rniga, 250 MVAli yangi avtotransformatori o‘rnatilishi bilan birga, releli himoya panellarini yangi zamonaviy mikroprotsessorli RX shkaflariga almashtirildi. Shuningdek, 220 kV, 110 kVli havoli o‘chirgichlarini elegazli o‘chirgichlarga almashtirilib, rejalashtirilgan ishlar mukammal bajarildi.

Bundan tashqari, 5 dona 220 kVli va 4 dona 110 kVli havoli o‘chirgichlar elegazli o‘chirgichlarga, 15 dona 220 kVli va 6 dona 110 kVli tok transformatorlari, 12 dona 220 kVli va 6 dona 110 kVli OPNlar zamonaviy qurilmalarga almashtirildi.

 

 «Farg‘ona» podstansiyasidagi 125 MVAli AT-2 avtotransformatorini o‘rniga 200 MVAli avtotransformatori o‘rnatilishi bilan birga releli himoya panellari yangi zamonaviy mikroprotsessorli RX shkaflariga almashtirildi. Statsionar avtomatik o‘t o‘chirish qurilmasi ishga tushirildi va 220 kV, 110 kVli havoli o‘chirgichlarini elegazli o‘chirgichlarga almashtirilib, rejalashtirilgan ishlar yakunllandi. Shuningdek, 2 dona 220 kVli va 5 dona 110 kVli havoli o‘chirgichlarini elegazli o‘chirgichlarga almashtirildi.

«Sokin» podstansiyasida 2 dona 220 kVli va 1 dona 110 kVli moyli o‘chirgichlar elegazli o‘chirgichlarga, 18 dona 220 kVli va 60 dona 110 kVli tok transformatorlari, 6 dona 220 kVli va 6 dona 110 kVli OPNlar zamonaviy qurilmalarga almashtirildi.

 

Shuningdek, «Farg‘ona» va «Sokin» podstansiyalaridagi operativ boshqaruv pulti (OPU) binosi tom qismi ta'mirlanib, profnastil qoplamasi o‘rnatildi.

Filial tarkibida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning mehnati o‘zgacha qadrlidir. Ularga bo‘lgan hurmat va e'tibor ko‘rinishi sifatida har yili bayram tadbirlari o‘tkazilib kelinadi. 2021 yilda filial kasaba uyushmasi tomonidan Samarqand va Buxoro shahridagi ziyoratgohlarga 5 kunlik sayohat tashkil qilindi.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6991

Filialda, 2021-yil davomida ham, yoshlar siyosatiga oid turli ilmiy-amaliy hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilib, viloyat miqyosidagi shunday tadbirlarda yosh muhandislarning faol ishtiroki ta'minlandi.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8442

Bundan tashqari, 2021-yil davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talab oshishini inobatga olgan holda, elektr xo‘jaliklaridagi bo‘sh turgan hududlardan samarali foydalanilib, filial tarkibidagi 40,5 sotix mavjud yer maydonlarda ishlov berilib, jami 4765 tup (pomidor, karam, qalampir, bulg‘or qalampiri) ko‘chatlari hamda 49 kg kartoshka va loviya kabi ekinlari ekildi. yetishtirilgan meva va turli poliz mahsulotlari filial xodimlariga tarqatildi.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/9130

Yana bir jihat alohida e'tirof etish lozimki, «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan turli madaniy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etib, jamoatchilikka iste'molchilik madaniyati, energiya tejamkorligi va samaradorligi mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi va olib borilmoqda.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7088

 2021-yil davomida erishilgan ijobiy natijalar samoqli bo‘lgani qatorida ayrim kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Xususan, elektr energiyasini uzatish jarayonida, 5 marotaba podstansiya elektr qurilmalarida va 3 marotaba elektr uzatish liniyasida favqulotda o‘chishlar qayd etildi. Barcha favqulotda o‘chishlar “ikkinchi darajali to‘xtalish” sifatida belgilandi. Favqulotda o‘chishning sabab omillari tezkor aniqlandi va bartaraf etildi. Buday nosozliklar takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi 2021 yilda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida, «2021 yilda bajariladigan tadbirlar va ishlar rejasi» ishlab chiqilib va shu reja asosida ishlar tashkil qilib borildi.

 

Filial ishchi-xodimlarining asosiy ish vazifasi, tashabbuslari-yu sa'y-harakatlarining zamirida — elektr energetika tarmog‘ining barqaror ish faoliyatiga munosib hissa qo‘shish, sohani rivojlantirish, sog‘lom va betalofat ish muhitini yaratish, xalqimizning farovon hayoti va mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilishdek oliy maqsadlar mujassam.

 ✍️ G‘ayratjon Ashiraliyevich Shermatov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

 

 

 «ENG YAXSHI...» — MUNOSIBLIK E'TIROFI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/650

Filialimiz ishchi-xodimlari “Yilning eng yaxshi...” 5 ta nominatsiyasi bo‘yicha e'tirofga sazovor bo‘lishdi!»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/680

Farg‘ona viloyatidagi “O‘zgarish” podstansiyasida yuqori quvvatli avtotransformatorni o‘rnatish ishlari yakunlandi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/936

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialida mini futbol, voleybol va basketbol sport maydonlari qurilmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/951

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali: Yoshlar bilan yangicha fikrlash xususida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1013

✅ "Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filiali faoliyatiga bir nazar

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1021

O‘zenergoinspeksiya: elektr uzatish tarmog‘ining muhofaza maydonida noqonuniy qurilishni oldi olindi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1102

✅ "Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi" doirasida "Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 220/110/10 kVli "Farg‘ona" podstansiyasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1204

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida Xavfsizlik texnikasi oyligi tadbirlari mas'uliyat bilan o‘tkazilmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1220

✅ Farg‘onalik yosh energetiklar tomonidan “kitobxonlik haftaligi” o‘tkazildi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1229

✅ 2021-yilda yuqori kuchlanishli 17 ta podstansiyada qo‘shimcha 1 568 MVA quvvat oshiriladi. Shuningdek, 3 ta yirik investitsiya loyihasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1241

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlar” filiali muhandisi “Kelajak liderlari” ko‘rik tanlovi g‘olibi bo‘ldi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1392

9 OY YAKUNLARI HISOBOTI: Elektr energiyasi transportirovkasi, joriy va kapital ta'mirlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, texnologik sarflarni kamaytirish, qo‘shimcha quvvatlar yaratish (viloyatlar kesimida)

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1471

✅ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1604

MODERNIZATSIYA VA REKONSTRUKSIYA DASTURI: «Farg‘ona» podstansiyasida yuqori quvvatli avtotransformatorni o‘rnatish ishlari yakunlandi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1639

✅ "Farg‘ona MET" filiali tomonidan 2096 tup manzarali va mevali ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1655

E'TIBOR VA E'TIROF: Magistral elektr tarmoqlari filiallari rahbarlari tomonidan taqdim etilgan materiallar

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1742

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>