Yangiliklar
Dunyodagi eng katta suzuvchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
  • 13.01.2022
  • 519

Xitoyning Shandun provinsiyasida 320 MVt quvvatga ega suzuvchi quyosh elektr stansiyasining qurilishi yakunlandi. Tizim yiliga qariyb 550 million kVt•c elektr energiyasini ishlab chiqarishi kutilmoqda, deb xabar beradi «Electrek».

«Dechjou Dinchjuan» suzuvchi quyosh stansiyasi 2,65 GVt quvvatga ega bo‘lgan ko‘mir elektr stansiyasi yaqinidagi suv omborida joylashgan va 100 MVt quvvatga ega shamol stansiyasiga hamda soatiga 8 MVt quvvatga ega energiya saqlash inshootiga ulangan.

U uzoq vaqt davomida dunyodagi eng yirik suzuvchi quyosh stansiyasi bo‘lib qololmaydi, chunki 2023 yilda Hindistonda xuddi shunday 600 MVt quvvatga ega stansiya ishga tushiriladi.

#quyoshenergiyasi

@Clearenergy

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>