Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Sovuq tushgandan keyin hech qaysi aloqa operatorlaring ham ishlamaydi!”
  • 02.01.2022
  • 283

Murojaat egasi: Xolmuradov Abror Abdiraximovich

Elektron pochta: abror.xolmurodov@gmail.com

Murojaat mazmuni: «“Svet”ni o‘chirib asabni buzmanglar! Yosh bolalarim bor... Havo sovigandan keyin elektr ta'minotini uzib, asab buzmanglar. Sovuq tushgandan keyin hech qaysi aloqa operatorlaring ham ishlamaydi. Telefonni ko‘tarsa ham yolg‘onlarini boshlaydi.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Abror Abdiraximovich! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi. Noqulay ob-havoda elektr tarmoqlaridagi nosozliklar kuzatilishi texnik-muhandislik holatlari hisoblanib, unga ta'sir etuvchi omillar bir nechta. Asosan 2 ta yirik omil mavjud.

Birinchisi, bu elektr tarmog‘iga turli texnik va iqlim sharoitlari bilan bog‘liq ta'sirlar, masalan, tarmoq simlariga daraxt shoxlarining tegishi (yoki elektr o‘tkazuvchanlik xossasiga ega boshqa predmedlar), qurilish ishlarida yo‘l qo‘yiladigan ehtiyotkorsizlik tufayli ta'sirlar, misol uchun kuchli shamol va yomg‘ir ta'sirida qisqa tutashuvlar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, elektr uskuna va jihozlarining jismonan eskirishi tufayli (o‘zining ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lishi) nosoz holga kelishi yoki 200 ta xonadonga mo‘ljallangan transformatorlarga 300–400 ta xonadonning ulanishi oqibatida, elektr uskunalarining ortiqcha yuklamada ishlashi tufayli kelib chiqadigan nosozliklarni misol qilib olish mumkin.

 Va, albatta, bu nosozliklar bartaraf etilayotgan paytda xavfsizlik texnikasi talablariga muvofiq tarmoqqa ulangan iste'molchilar vaqtincha tarmoqdan uzilib turiladi.

Ikkinchisi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste'mol o‘rtasidagi tafovut tizimning yaxlitligiga, barqaror faoliyatiga salbiy ta'sir etganda ma'lum texnik shartlar asosida tarmoqdan jadvalli uzishlar sodir bo‘lishi mumkin.

Bu jarayon avtomatik tarzda ro‘y berib, tizimning keyingi barqaror faoliyati uchun uni himoyalash sharti bilan ro‘y beradi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va taqsimlovchi tashkilotlar elektr ta'minoti uzilishidan manfaatdor emas. Aksincha, iste'molchilarga yetkazib berilmagan energoresurslar ishlab chiqarishda «yo‘qotilgan foyda» hisoblanadi. Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon bo‘lib, bu haqda oldinroqdan ogohlashtirishning imkoni mavjud emas

Batafsil ma'lumotlar: Energotizimda muvozanatni saqlash — kechiktirib bo‘lmas ustuvor vazifa

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/597

Telegram kanali orqali: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717

Batafsil SAVOL-JAVOBLAR: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8935

Bundan tashqari, «O‘zbekiston MET» AJning YAGONA TELEFON 71/236-68-08 (matbuot kotibi), bundan tashqari, ISHONCH RAQAMI, ya'ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-56-46 hamda Devonxona (kanselyariya) 71/236-6854 raqamlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Call sentry raqami +998 (55) 500-5545

MA'LUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Qo‘shimcha ma'lumot: Hurmatli fuqaro, Abror Abdiraximovich, Siz murojaatda ko‘targan masala, shuningdek, turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

 ‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

 ⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

 het.uz – rasmiy veb-sayti

 Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

 Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

 Call centre: 1154

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>