Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Osilib qolgan elektr tarmoqlari insonlar hayotiga xavf solmoqda”
  • 19.01.2022
  • 286

Murojat egasi: Ummatov Kahramon Erkinboyevich

Elektron pochta: qahramonummatov6@gmail.com

Murojaat mazmuni: «... Assalomu aleykum! Bizning mahallamiz elektr simyog‘ochlari juda eski, zimiz qo‘lbola usulda tayyorlab o‘rnatganmiz. Hozir simlar qo‘l tegadigan darajada pastlab osilib qolgan. Sizlardan iltimos, shu mahallamiz elektr simyog‘ochlarni yangi zamonaviy simyog‘ochlarga almashtirib berishlaringni so‘rayman. Osilib qolgan elektr tarmoqlari insonlar hayotiga xavf solmoqda. Elektr quvvati ham juda past. "Svet" sal yomg‘ir yoki shamolga ham o‘chib qoladi. Manzil: Farg‘ona viloyati, Quva tumani, "Katta Dehkonobod" MFY, Sho‘rmahalla qishlog‘i, 358-uy.»

Murojaatga javob: Assalomu alaykum!

Hurmatli fuqaro, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, muammoni bartaraf etib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

 MA'LUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

 ‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELeKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

 ⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

 het.uz – rasmiy veb-sayti

 Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

 Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

 Call centre: 1154

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>